«Klub boş murabbiyi Muhsin Muhammadiyev bilan muzokaralar olib borgan jamoa rahbariyati özaro kelişgan holda örtadagi şartnomani bekor qilib, murabbiy bilan döstona xayrlaşdi. Jamoa rahbariyati Muhsin Muslimoviçga minnatdorçilik bildirib, kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoladi.

Jamoa boş murabbiyi etib mahalliy mutaxassis Jamşid Saidov tayinlandi. Murabbiy bundan oldin ham «Buxoro» jamoasida faoliyat olib borgan. Saidov boşçiligida jamoa 2016 yil mavsum törtinçi örinni qayd etgan», deyiladi klub xabarida.

Tribuna.uz'ning yozişiça, aslida «Buxoro» ikki haftadan buyon Jamşid Saidov qöl ostida maşğulotlar olib borayotgandi. Muhsin Muhammadiyev esa töliq hisob-kitob qilinmagunça ketiş haqida ariza yozmagan.

Ma'lumot uçun, «Buxoro» klubi Superliga joriy mavsumida hali ğalaba nimaligini bilmay, 9-turdan keyin sönggi 14-örinda bormoqda.

Superliganing 9-turiga kelib hozirça uçta iste'fo yuz berdi. Dastavval 3-turdan keyin «Andijon» Aleksandr Xomyakovni iste'foga çiqargandi. Keyinçalik «Surxon» 6-turdan keyin Bahrom Haydarovni iste'foga çiqarib, örniga Aleksandr Xomyakovni tayinlagandi.