«Buxoro» klubi boş murabbiyi Muhsin Muhammadiyev 2020 yilgi mavsumda ham jamoadagi faoliyatini davom ettiradigan böldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
«Boş murabbiy Muhsin Muhammadiyev kelasi mavsum jamoamizdagi faoliyatini davom ettiradi. Muhsin Muslimoviç klubimizni iyun oyida qabul qilib olgan edi. Uşbu boş murabbiy boşçiligida jamoamiz 16 uçraşuvda maydonga tuşib, 4 ğalaba, 5 durang va 7 mağlubiyat qayd etgan. Murabbiyga klub rahbariyati tomonidan yangi mavsumga ham işonç bildirildi. Muhsin Muslimoviç ham öz navbatida raqobatbardoş jamoa tuzişga va kelasi mavsumga jamoa bilan puxta tayyorgarlik olib borişini ta'kidladi. Şuningdek, yordamçi murabbiy Oleg Şirinbekov ham kelasi mavsum öz işini davom ettiradi» - deyiladi klub rasmiy xabarida.
Eslatib ötamiz, «Buxoro» sönggi turda OKMK jamoasini 90+2-daqiqada penaltidan kiritilgan gol evaziga mağlub etib (2:1), Superligada qoliş vazifasini bajargandi.












