«Buxoro» klubining 17 iyul, juma kuni koronavirusga topşirgan test natijalari ma'lum bölgan. Unga köra, klubda 8 nafar futbolçining test natijasi musbat çiqib, ularning koronavirus yuqtirib olgani oydinlaşgan. Klub vakillari Tribuna.uz saytiga bu xabarni tasdiqlaşdi. Infeksiyaga çalingan uşbu futbolçilar alohida nazoratga olingan. «Buxoro»ning Superliga 10-turi doirasidagi 23 iyul kungi «Qizilqum» bilan uçraşuvi katta ehtimol qoldiriladi.
Kuni keça «Paxtakor» klubining 5 futbolçisida virus aniqlangani haqida klub axborot xizmati ham ma'lumot bergandi. Şuningdek, Superliganing «Bunyodkor», «Surxon» klublarida, Pro-ligada esa «Dinamo» va «Xorazm» futbolçilarida koronavirus alomatlari aniqlangan edi.
PFL boş direktori vazifasini bajaruvçi Diyor Imomxöjayev yakşanba kuni Tribuna.uz saytiga ma'lum qilganidek, ayni daqiqalarda PFL Superliga klublari rasmiylari va boş murabbiylari bilan Zoom orqali videokonferensiya ötkazib, çempionat bahslarini davom ettiriş yoki qoldiriş masalasini muhokama qilmoqda.













