Yangilanişlar arafasidagi «Buxoro». Beton ustidagi öyin, özbek, qozoq va xorvat futbolidagi maoşlar taqqosi – Geynrixning dösti bilan suhbat
|23:20 / 15.03.202017 4349 min
2020 yilgi Superliga iştirokçi jamoalarining tayyorgarligi, tarkibdagi özgarişlar, reja va maqsadlari bilan taniştirişda davom etamiz.
Kun.uz va Tribuna.uz sayti muxbirlari bu safar Buxoro şahrida bölib, «Buxoro» jamoasining stadioni va tarkibdagi özgarişlari bilan tanişdik, murabbiy va futbolçilar bilan suhbatlaşdik.
Klub stadioni
Buxoro şahri markazidagi «Buxoro» sport majmuasi içidagi stadion 2002 yilda foydalanişga topşirilgan bölib, arena öz bağriga 22 700 tomoşabinni siğdira oladi. Sönggi yillarda stadion maydonida futboldan taşqari bir qator sport turlari böyiça ham bahslar ötkazilgani bois maydon çimi ayançli ahvolga kelib qolgandi. PFL Superliga klublariga maydon borasida talabni oşirgaç, yil boşida «Buxoro» stadioni maydoni töliq olib taşlanib, yangisini parvarişlaş boşlangan.
Jamoaning uy stadioni yozgaça tayyor holatga kelmasligi bois, klub dastlabki ikki turni safarda ötkazdi. Birinçi davradagi uy uçraşuvlari esa Buxorodan 80 kilometr uzoqlikda, Muborakdagi «Maş'al» klubi stadioni sanalmiş Bahrom Vafoyev nomli öyingohda ötkaziladi.
Tarkibda qanday özgarişlar qilindi?
Ötgan mavsum yakunlariga köra, Superligada ilinib qolgan «Buxoro» jamoasi tarkibida qator özgarişlar kuzatildi. Jamoa tarkibini Asadbek Sobirjonov singari yetakçi futbolçisi tark etib, «Paxtakor» safiga qaytdi. Şuningdek, «Buxoro» Salamat Qutiboyev, Murodbek Bobojonov, Rahimjon Davronov singari yetakçilarini ham öz safida saqlay olmadi.
Natijada boş murabbiy Muhsin Muhammadiyev tarkibga yangi legionerlarni çaqirdi. Jumladan, xorvatiyalik tajribali hujumçi Edin Yunuzoviç, ukrainalik Artyom Baranovskiyni taklif etdi, 2019 yilda töp surgan kanadalik Milovan Kapor va gruziyalik Jaba Lipartiya bilan hamkorlik davom ettirildi.
Qolaversa, Zohir Pirimov, Jasur Hasanov, Jasur Hakimov, Azizbek Amonov singari futbolçilar qöşib olindi.
«Buxoro»ning 2020 yil uçun yangi futbolçilari:
Edin Yanuzoviç - 2020, dekabr (An-Nasr, Ummon)
Mavzuga oid
Artyom Baranovskiy - 2020, dekabr (Şaxtyor, Qozoğiston)
Azizbek Amonov - 1 yil ijara (Lokomotiv)
Ergaş Ismoilov - 2020, dekabr (Bunyodkor)
Izatilla Abdullayev - 2020, dekabr (Söğdiyona)
Zafar Safoyev - 2020, dekabr (Metallurg)
Sardor Qobiljonov - 2020, dekabr (Surxon)
Suhrob Ne'matov - 2020, dekabr (Surxon)
Jasur Hakimov - 2020, dekabr (AGMK)
Zohir Pirimov - 2020, dekabr (AGMK)
Jasur Hasanov - 2020, dekabr (Qöqon-1912)
Abror Xusinov - 2020, dekabr (Andijon)
Muhsin Muhammadiyev: «Buxoro» tarkibi 70 foizga yangilandi»
«Buxoro» stadionining ayni damdagi holati bilan tanişgaç, biz klub qarorgohida bölib, boş murabbiy va futbolçilar bilan suhbatlaşdik. Dastlab savollarimizga jamoa ustozi sanalmiş tojikistonlik mutaxassis Muhsin Muhammadiyev javob berdi.
- Muhsin Muslimoviç, mavsumga tayyorgarlik qanday keçdi?
- Yangi mavsumga tayyorgarlikni 17 dekabrdan boşladik. Unda legionerlar iştirok etişmadi, biz asosan mahalliy yoşlarni sinab kördik. Yanvar yakunida esa öz safimizga legionerlarni qöşib oldik. Fevraldan esa Toşkentda ikki bosqiçli yiğin taşkil etib, mavsumga hozirlandik hamda çempionat öyinlarini boşladik. Afsuski dastlabki ikki turda safarda omadimiz kelmadi.
- Yiğilgan tarkibdan qay daraja qoniqdingiz?
- Heç bir murabbiy tarkibdan qoniqmasa kerak. Hamma ham yanada yaxşiroq futbolçini öz safida körişni istaydi. Şunga qaramay, özim istagan futbolçilarni taklif etdik.
- Tarkibimiz 70 foizga yangilandi. Afsuski hozirgi futbolda tarkibning bunday keskin özgarişi oddiy hol bölib qoldi. Aksariyat klublarni aytmasa, qariyb barça jamoalarda şunday holat kuzatilmoqda. Bitta Özbekistonda emas, xorij klublarida ham bunday ahvolga guvoh böliş mumkin.
- Bir yilda tarkibning keskin özgarişi nima bilan boğliq?
- Aytaylik, ötgan mavsumdagi qator futbolçilar bizda ijara asosida töp surişgandi. Bu yil ularni qaytarib olişdi. Yana bir sababi bu futbolçilar bilan köp yillik emas, bir yilga şartnoma tuzilişi jamoalarning barqaror böla olmasligiga sabab böladi.
- Qaysidir futbolçini taklif etişni istagan, ammo uni jamoangizga taklif eta olmaslik holati ham kuzatildimi?
- Albatta. Biz bir qator futbolçilar bilan muzokara olib bordik. Afsuski, ularni köndiriş qiyin böldi. Hamma futbolçi ham öziga yaxşiroq şart-şaroitni izlaydi.
- Şunday futbolçilardan biri «Mançester Siti»ning sobiq futbolçisi ekanligi rostmi?
- Yöq, bu şunçaki gap-sözlar. «Mançester Siti» futbolçisi qanday qilib bizga kelişi mumkin? Ulardagi maoşlar bilan taqqoslab bölmaydi axir. Biz bunday pullarni tölay olmaymiz.
- Jamoani tark etganlar bilan klub xayrlaşdimi yoki özlari ketişdimi?
- Ularni olib qolişga intildik, ammo iloji bölmadi. Aytaylik, darvozabon Rahimjon Davronovni olib qolmoqçi edik, u ham klubda qoliş tarafdori edi. Ammo «Maş'al» bilan hali şartnomasi borligi uçun qaytişga majbur böldi. Asadbek Sobirjonovni ham qoldirmoqçi edik, biroq «Paxtakor» ijaradagi futbolçisi öziga kerakligini aytdi. Salamat Qutiboyevni ham qoldirmoqçi böldik, biroq u yaxşiroq taklifga ega ekanligi uçun «Metallurg»ni tanladi.
- Sizningça, jamoa mavsumga qay daraja tayyor?
- Öylaymanki, mavsumga hali 85 foizga tayyormiz. Jamoa çempionatdagi dastlabki öyinlardan keyin mavsumga töliq tayyor holga keladi.
«Beton ustida töp surişimizga töğri keldi»
Murabbiyning fikri bilan tanişgaç, jamoaning yetakçi futbolçilari fikri bilan ham qiziqdik.
Zohir Pirimov («Buxoro» yarimhimoyaçisi):
- OKMK jamoasini tark etgaç, «Buxoro» klubi murabbiylar ştabi taklifiga köra jamoaning Toşkentdagi yiğiniga kelib qöşilgandim. Mavsum oldi tayyorgarlikdan keyin klub bilan şartnoma imzoladim. Mavsumga yaxşi tayyorgarlik kördik deb öylayman.
Olmaliq klubini tark etişdan avval boş murabbiy Mirjalol aka Qosimov bilan gaplaşdim. Menga köproq öyin amaliyoti zarurligi uçun «Buxoro»ga ötdim. Bu klubda 2017 yilgi mavsumda töp surganim bois, jamoaga kirişib ketişim qiyin bölmadi. Yaxlit jamoaga aylana olsak, yaxşi natijaga erişa olamiz.
Yangi mavsum oldidan jamoamiz oldiga grand klublarga qarşi munosib qarşilik körsata oladigan raqobatbardoş klub şakllantiriş vazifasi qöyilgan.
Boş murabbiy Muhsin Muhammadiyev bilan işlaş maroqli. Yaxşi mutaxassis deb bilaman. Öz vaqtida maşhur futbolçi bölgani bois öyinçilar bilan juda yaxşi kelişadi, muomalasi ham yaxşi murabbiy. Futbolda köp yutuqlarga erişa olgan. Bilim va mahoratini doim ulaşişga, yordam berişga intiladi. Inson sifatida ham hurmatga sazovor şaxs.
Eden Yunuzoviç («Buxoro» hujumçisi):
- «Buxoro» jamoasiga kelib qöşilganimdan xursandman. Klubga boş murabbiy Muhsin Muslimoviç taklif etdi. Bungaça Muhammadiyev qöl ostida u Qozoğistonning «Ordabasi» klubini boşqargan paytda töp surgan va töpurar bölgandim. Şu bois bu safar ham birga işlaşga çaqirgaç, labbay deb javob berib keldim.
Özbekiston Superligasi ança qiyin va texnikaga e'tibor beriladigan liga sanaladi. Öylaymanki, mavsum davomida biz yaxşi öyinlarimiz bilan muxlislarni xursand eta olamiz. Yangi mavsum oldidan boş murabbiy va rahbariyat imkonqadar yaxşi şaroitlarda tayyorgarlik körişimiz uçun harakat qilişdi. Ammo qişda yomon ahvoldagi maydonlarda tayyorgarlik kördik. Bir kun sun'iy qoplamada öynagan bölsak, keyin yölakçada tayyorgarlik kördik. Nazorat öyinida ham beton ustida töp surişimizga töğri keldi, deyiş mumkin. Buxoroda ham maşğulot uçun qariyb bir soatlik yölga borib, tayyorgarlik köryapmiz. Şunga qaramay, klub rahbarlari yaxşi şaroitlarni yaratişga intilişmoqda. Bunday muammolar ham jamoaga ta'sir qilsa-da, tez orada öz öyinimizni topişimizga işonaman.
Özbekistonga kelmasimdan avval Çimkentning «Ordabasi» klubida hamyurtingiz, döstim Aleksandr Geynrix bilan birga töp surgandim. Qolaversa, hamyurtim Ivor Vaytser Buxoroda töp surgan. U ham menga ma'lumot bergandi.
Xorvatiya va Özbekistondagi futbolçilar maoşlarini taqqoslasak? Xorvatiyaning örtamiyona klublari bilan taqqoslasak ham bizda köproq, özbek klublarida esa maoş pastroq.
Özbekiston Superligasidagi maoşlarni Qozoğiston klubi bilan taqqoslasak? Qozoq klublarining budjeti kattaroq, şu bois Özbekistonning örtamiyona klublaridan köra u yerda futbolçilarga köproq maoş beriladi, - deydi «Buxoro»ning xorvatiyalik hujumçisi Edin Yunuzoviç.
Buxorodagi safarimiz davomida şahardagi markaziy stadion maydoni nihoyat töliq yangilanayotgani, klub qarorgohida viloyatning endilikdagi sobiq hokimi Öktam Barnoyev taşabbusi bilan ulkan hajmdagi işlar qilinganligiga guvoh böldik. Öylaymizki, jamoa ham yangi mavsumda minglab muxlislari kutayotgan damlarni taqdim eta oladi. Bu borada ularga omad tilab qolamiz.
Usmon Ibodov, Ğayrat Yöldoş,
Tasvirçi Faxriddin Xotamov.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi