Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Senat raisiga qo‘shimcha vakolatlar berildi
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Norboyeva
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi budjetini shakllantirish va ijro etishning yangi mexanizmlari joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qonunni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.
Qonun Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 12 iyulda qabul qilingan, Senat tomonidan 2019 yil 24 avgustda ma'qullangan.
O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 12 dekabrda qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida»gi 432–II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
14-moddaning (Senat Raisining vakolatlari) birinchi qismi:
13-bandidagi (Senat devoni faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi, senatorlar va Senat devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi) «senatorlar va Senat devoni ishlashi uchun zarur xarajatlar smetalarini tasdiqlaydi» degan so‘zlar chiqarib tashlandi;
quyidagi mazmundagi 13-1 va 13-2-bandlar bilan to‘ldirildi:
«13-1) Senatning xarajatlari smetasini shakllantirish va bajarishga doir ishlarga umumiy rahbarlikni hamda ularni muvofiqlashtirishni amalga oshiradi;
13-2) Senatga ajratilgan budjet mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi farmoyishlarni imzolaydi»;
32-moddaning (Senat faoliyatini moliyalashtirish) matni quyidagi tahrirda bayon etildi:
«Senat faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi va ushbu budjetda alohida satrda nazarda tutiladi».
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026