Tez orada Özbekistonda Oliy Majlis va davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlar bölib ötadi.

Hozirda respublikada beşta siyosiy partiya - «Milliy tiklaniş» Demokratik partiyasi, Xalq demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati - Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi, «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi va Ekologik partiya faoliyat körsatmoqda.

Mavzuning dolzarbligidan kelib çiqib, Kun.uz «Sizning fikringiz» Telegram kanalida ekspress-sörovnoma ötkazdi. Sörov onlayn tarzda ötkazilganligi bois iştirokçilarning jinsi, yoşi va boşqa jihatlari inobatga olinmadi.

Respondentlarga agar ertaga parlament saylovlari ötkazilsa, qaysi partiyaga ovoz bergan bölişlari söraldi. Uşbu savolga 33,6 ming kişi javob qaytardi.

Respondentlarning 11 954 nafari (35 foiz) Liberal-demokratik partiyani, 10 738 nafari (32 foiz) «Milliy tiklaniş» Demokratik partiyasini, 1 872 nafari (6 foiz) «Adolat» sotsial-demokratik partiyasini, 1 661 nafari (5 foiz) Xalq demokratik partiyasini va 883 nafari (3 foiz) Ekologik partiyani qöllab-quvvatlaşini bildirdi.

Şu bilan birga, 4 341 nafar respondent (13 foiz) saylovlarda qatnaşişni rejalaştirmayotganini bildirdi. Bundan taşqari, 2 164 kişi (6 foiz) kimga ovoz berişini bilmasligini ma'lum qilgan.

Markaziy saylov komissiyasi ma'lumotlariga köra , Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasi 2003 yil 15 noyabrda bölib ötgan ta'sis s'yezdida taşkil topgan. Uşbu partiyadan nomzodi körsatilgan Şavkat Mirziyoyev 2016 yil 4 dekabrda ötkazilgan prezidentlik saylovlarida ğolib bölgan. Mazkur partiya deputatlari özbekistonliklarga yaxşi taniş. Xususan, deputat Rasul Kuşerbayev mamlakatda sodir bölayotgan voqealar borasida tez-tez öz fikrini bildiradi . U uy-joylarni buziş, qurilişlar, tonirovka va boşqa muammolar xususida oçiqçasiga gapirgan.

2008 yil 20 iyun kuni Özbekiston "Milliy tiklaniş" demokratik partiyasi va Özbekiston "Fidokorlar" milliy demokratik partiyasining birlaşiş Qurultoyi bölib ötib, ikki partiya negizida yangi Özbekiston "Milliy tiklaniş" demokratik partiyasi taşkil topgan. Özbekiston “Milliy tiklaniş” demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an'analarni va qadriyatlarni saqlaşdan iborat. Şu yilning mart oyi örtalarida partiyaning sobiq rahbari Sarvar Otamurodov bugungi jamiyatdagi muammolar haqida sözladi va qator vazirliklar hamda Yoşlar ittifoqi faoliyatini tanqid