Abdulla Qodiriyning «Ötkan kunlar» romanini ingliz tiliga tarjima qilgan amerikalik madaniyatşunos Mark Eduard Riz Twitter sahifasida Özbekistondagi amaldorlardan biri prezident tomonidan beş oy oldin va'da qilingan gonorardan keçib yuborişni söragani haqida yozdi.

«5 oy oldin meni yaxşigina gonorar bilan mukofotlab, «Ötkan kunlar»ning ingliz tilidagi tarjimasidan ming nusxa sotib olinib, elçixonalarga tarqatilişini va'da bergandingiz», deb murojaat qildi Mark Eduard Riz Özbekiston prezidentiga.

Tarjimonning qayd etişiça, u may oyida Toşkentdan ketişidan bir kun oldin hukumatda işlaydigan kişilardan biri Abdulla Qodiriyning nevarasi, tarjimonning dösti hisoblangan Xondamir Qodiriyga telefon qilib, «Men 7 daqiqadan keyin prezident bilan uçraşaman. U Markka taşrifi paytida qança gonorar berganimizni bilmoqçi. Biz unga pul bermadik. Mark buni keçirib, unutib yubora oladimi?», degan.

«Men esa öşa hukumat xodimiga «Siz mendan prezident Mirziyoyevni aldaşimni sörayapsizmi? Borib çoyingizni içing», dedim. Mening bunday munosabatimdan söng öşa xodim döstimga tahdid qilgan.

Bunday kutilmagan holatdan hayratda qoldim. Voqeadan bir kun oldin janob Sultonov (prezident maslahatçisi – Xayriddin Sultonov) bilan körişgan va uni professional sifatida körgandim. U ham tarjimalar qilgan va öylaymanki, hozirgi örniga munosib. Biroq xulosam şuki, top liderlarning harakatlari örtadagi korrupsioner odamlar sabab havoga uçyapti», deb yozadi Mark Eduard Riz.

Tarjimon öziga Alişer Navoiy nomidagi til va adabiyot universitetidan iş taklif qilingani, lekin uni rad etgani haqida ham yozgan.

Uning aytişiça, uşbu taklif bildirilgan onlayn uçraşuvda Özbekiston tomonidan döstiga tahdid qilgan va unga gonorarni «unutiş va keçiriş»ni taklif qilgan xodim ham iştirok etgan.

«Men öğlim bilan Toşkentga köçib boriş va meni sizni aldaşga undagan, döstimni qörqitgan öşa odamga xavfsizligimni topşirişni xohlamayman.

Bilasiz, oxirgi 3 yilda köplab intervyularda qatnaşdim. Navoiy institutida biror narsa evaziga emas, tekinga onlayn darslar ötdim. Safarlarimni özimning şaxsiy mablağlarim hisobidan qoplaganman.

Işonçsizligim sezilarli oşgan. Şunday bölsa-da, Özbekiston xalqi, sizning qöllab-quvvatlaşingiz meni uşlab turibdi. Özbekistonda vijdonsiz odamlardan köra vijdonli odamlar köproq. Biroq bir-ikki odam sizning Özbekistonni va sizning islohotlaringizni orqaga tortişi mumkin», deb yozadi Mark Eduard Riz.