Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan choralar belgilandi
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi.
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi:
quyidagi mazmundagi 69-1-modda bilan to‘ldirildi:
«69-1-modda. Mahkum ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan choralar
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi fakti aniqlanganda muassasa boshlig‘i yoxud uning o‘rnini bosuvchi shaxs bu haqda zudlik bilan prokurorni xabardor qiladi.
Ovqat yeyishni rad etadigan mahkum imkon qadar boshqa mahkumlardan alohida saqlanadi va tibbiyot xodimining kuzatuvi ostida bo‘ladi.
Ovqat yeyishni rad etgan mahkumning sog‘lig‘ini saqlab turishga qaratilgan majburlov yo‘sinidagi (sun'iy va majburiy ovqatlantirish tarzidagi) choralar. agar uning hayotiga yoki sog‘lig‘iga xavf tahdid solsa, shifokorning yozma xulosasi asosida hamda tibbiyot xodimi hozirligida amalga oshiriladi.
Mahkumning ovqat yeyishni rad etganligi uni boshqa jazoni ijro etish muassasalariga o‘tkazishga yoxud tergov harakatlarida va sud majlislarida ishtirok etish uchun boshqa yerga ko‘chirishga to‘sqinlik qilmaydi. Zarur hollarda, mahkumni boshqa yerga ko‘chirish tibbiyot xodimi kuzatuvida amalga oshiriladi.
Mahkumlar ovqat yeyishni rad etganda qo‘llaniladigan majburlov yo‘sinidagi choralarni qo‘llash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan kelishgan holda belgilanadi».
Mavzuga oid
19:05 / 26.04.2026
Soliq va tadbirkorlik sohasidagi qonunbuzarliklar uchun javobgarlik kuchaytirildi
08:53 / 22.04.2026
MChJ faoliyatiga oid yangi tahrirdagi qonun kuchga kiradi
09:19 / 08.04.2026
Qo‘riqlash departamenti vakolatlari kengaymoqda
19:12 / 05.04.2026