Joriy yilning 24–28 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrif buyurishi ushbu davlat bilan turli sohalarda yangi hamkorlik yo‘nalishlarini boshlab berdi.
Tashrifning mantiqiy davomi sifatida Prezident tomonidan BAA bilan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish uchun «Yo‘l xaritasi» ham tasdiqlandi.
Bugun esa mamlakat o‘zining o‘rta va uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda amirliklar tajribasini ham o‘rganmoqda.
Aynan shuning uchun Iqtisodiyot va sanoat vazirligida «O‘zbekiston Respublikasini 2030 yilgacha ijtimoiy-iqtisodiy kompleks rivojlantirish konsepsiyasi» doirasida o‘tkazilgan davra suhbatida BAAning taraqqiyot dasturi bo‘yicha vakili Hessa G‘affariy tomonidan taqdimot o‘tkazildi.

«Birlashgan Arab Amirliklari 2021 yilgacha dunyoning eng yaxshi mamlakatlari qatorida bo‘lishni maqsad qilgan. Buning uchun ishlab chiqilgan taraqqiyot dasturi orqali davlat barqaror atrof-muhit va yaxshi ta'minlangan jamiyatda yuqori yashash standartlariga erishishni maqsad qilgan», deya ta'kidladi G‘affariy xonim.

Bu borada BAA davlatda turli islohotlarni amalga oshirishga harakat qilmoqda. Masalan, aholi bilimini oshirish borasida qilinadigan islohotlar va innovatsiyalar iqtisodiyotning samaradorligiga ta'sir ko‘rsatishi ko‘zda tutilgan.
Yoki barqaror atrof-muhit orqali hayot sifatini yaxshilashi kerakligi maqsad qilib olingan. Bu borada fuqarolarning barchasi boshlang‘ich ta'lim olishiga imkon yaratish, sog‘liqni saqlash sohasini jahon talablari darajasiga mos holatga keltirish lozim.
Adolatli sudlov tizimida aholi xavfsizligi ta'minlanadi
BAA o‘z fuqarolarini nafaqat ichki va har qanday tashqi tahdiddan ham himoya qiladi. Bu borada jamiyatda ijtimoiy tenglikni ta'minlash va o‘sish xavfi bor tashqi xavflardan himoyalanishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Adolatli sudlov borasida esa mamlakat uning xavfsizlikni kuchaytiruvchi funksiyasiga ishonadi va hamisha hammaning odil sudlovga ishonishi va undan foyda olishi mumkin bo‘lishi darajasida harakat qiladi. Bu borada quyidagilarga erishish zarur:
· Xavfsizlik hissi;













