Toşkentda Riviera savdo markazining quriliş işlari töxtatib qöyildi. Bu haqda Tower MMG kompaniyasi Facebook’dagi sahifasida xabar berdi.

Keça, 28 avgust kuni soat 13:18da Olmazor tumani Nurafşon köçasida yangi qurilayotgan Riviera savdo majmuasining quriliş jarayonida metall konstruksiyaning qulaşi sodir böldi. Natijada, 4 nafar işçi xodim vafot etgan va 2 nafari tan jarohat olgan.

Soğliqni saqlaş vazirligi jamoatçilik bilan aloqalar bölimining xabar berişiça, jarohatlanganlar zudlik bilan tekşiruvlardan ötkazilib, belgilangan tartibda şoşilinç tibbiy yordam körsatilmoqda. Jumladan, 45 yoşli O.Ş. öng tovon suyagining sinişi taşxisi bilan örta oğir ahvolda, Z.R. esa aralaş travma, çap yelka suyagining sinişi taşxisi bilan yotqizilgan.

Öz navbatida, mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan tegişli moddalar bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Obektdagi quriliş işlari hamma tafsilotlarni aniqlaş va bölib ötgan hodisaning aniq sabablarini topişga qadar töxtatib qöyildi. Voqea joyida ekspert guruhi işlamoqda», – deya xabar qilgan The Tower MMG.

Ta’kidlanişiça, kompaniya jarohat olganlarning va vafot etganlarning oila a’zolariga moddiy yordam körsatadi va töliq yordam beradi.