Davlat mehnat inspeksiyasi 2026 yilning 1-yarim yilida mehnat faoliyati bilan boğliq baxtsiz hodisalar statistikasini e’lon qildi.

Qayd etilişiça, ötgan olti oy davomida 447ta baxtsiz hodisa sodir bölgan. Ularning 21 tasi guruhiy, 311 tasi oğir oqibatli, 113 tasi esa ölim bilan yakunlangan.

Baxtsiz hodisalar oqibatida 494 nafar fuqaro jabrlangan bölib, ulardan 337 nafari oğir, 20 nafari yengil tan jarohati olgan, 137 nafari esa halok bölgan.

Eng köp baxtsiz hodisalar sanoat (144 ta) va quriliş (127 ta) sohalarida yuz bergan. Şuningdek, boşqa sohalarda 87 ta, transport va logistika sohasida 17 ta, savdo va xizmatlarda 16 ta, soğliqni saqlaş hamda qişloq va suv xöjaligida 14 tadan, ta’limda 13 ta baxtsiz hodisa qayd etilgan.

Eng kam baxtsiz hodisalar madaniyat va sport (2ta) hamda axborot texnologiyalari (3ta) sohasida sodir bölgan.

Eng köp baxtsiz hodisalar Toşkent şahri (95 ta), Toşkent (58 ta) va Qaşqadaryo (38 ta) viloyatlarida qayd etilgan. Eng kam baxtsiz hodisalar esa Jizzax (16 ta), Surxondaryo (16 ta) va Xorazm (13 ta) viloyatlarida kuzatilgan.

Qolgan hududlar böyiça statistika quyidagiça:

  • Buxoro — 34 ta
  • Samarqand — 33 ta
  • Andijon — 33 ta
  • Navoiy — 31 ta
  • Farğona — 23 ta
  • Qoraqalpoğiston — 20 ta
  • Sirdaryo — 19 ta
  • Namangan — 18 ta

Jabrlanganlar va ularning oila a’zolariga 10 mlrd 376 mln söm miqdorida bir martalik hamda oylik zarar pullari undirib berilgan.