Yaponiya hukumati mamlakatning 3 ta ğarbiy prefekturasidan yomğirlar natijasida yuzaga kelişi mumkin bölgan köçki va toşqinlar xavfi sababli 850 mingga yaqin odamni evakuatsiya qilişga qaror qildi. 

Evakuatsiya haqidagi körsatmani Saga, Fukuoka v Nagasaki prefekturalari aholisi olgan. 14 ta şaharda 355 mingdan köproq uy vayron böliş xavfi ostida qolgan.

Ob-havo mutaxassislari uşbu prefekturalarda 28 avgust kuni 500 mm dan köproq yoğingarçilik tuşişini ma'lum qilişgan. 

Yomğirlar transport aloqasini izdan çiqargan: ba'zi poyezdlar bekor qilingan. Şuningdek, turli joylarda 3 kişi halok bölgan.  

Yaqin kunlarda Kyusyu oroli şimolida va Tokiogaça bölgan hududlarda kuçli yomğirlar kutilmoqda.