Parij klubi futbolçi uçun kamida 170 million yevro söramoqda, kataloniyaliklar transferga Dembeleni qöşişmoqçi.
Neymar va «Barselona». Ibtido
Neymar bolaligidan dunyodagi eng yaxşi futbolçi bölişni orzu qilardi. U orzusiga erişiş uçun «Santos»da harakat boşladi, ammo Pelelar davri ötgan — e'tirof etiliş uçun Yevropaga yöl oliş talab etilardi. Jahonning eng yaxşi futbolçisi böliş uçun jahonning eng yaxşi jamoasida töp suriş zarur edi. Neymar «Barselona»ni şunday jamoa sifatida tanladi. Aytişlariça, 2011 yilgi klublar örtasidagi jahon çempionati finalida «Santos» va «Barsa» örtasidagi uçraşuvdan keyin forvard Messi va Xavining oldiga kelib, kamtarlik bilan ularga şunday degan: «Meni özlaring bilan olib ketinglar. Men sizning klubda öynaşni istayman». Öşa öyinda kataloniyaliklar 4:0 hisobida ğalaba qozonişgandi. Braziliyalik futbolçida bunday istak uyğonişini tuşuniş mumkin edi.

Ikki yil ötib «Barselona» yana «Santos» bilan uçraşdi, bu safar mavsumlar oraliğidagi nazorat öyinida. Endi Neymar allaqaçon kataloniyaliklar safiga ötgan va öşa öyinda maydonga ham tuşgandi, ammo u sobiq jamoasiga bitta ham gol urmadi. Öşa sparring katalonlarning 8:0 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlangandi. Yoş futbolçi «eng yaxşi» bölişni orzu qilişda davom etar, hozirça Messi şohsupada edi.
Leoning soyasida
Neymar «Barselona»da ötgan uç yil davomida reja böyiça ösişda davom etdi. Braziliyalik futbolçi jamoada çap qanot hujumida almaştirib bölmas futbolçi edi, u jamoa bilan 2015 yilda Çempionlar ligasida ğalaba qozondi, 2016 yili YeÇLda «PSJ»ga qarşi tarixiy 6:1 hisobidagi ğalabaning asosiy sababçilaridan böldi. Ammo u hamon Messidan keyingi ikkinçi planda edi. Şu yerda kiçik Neymarning tarixida tanaffus va katta Neymar tarixi boşlandi.

Öğil dunyoning eng yaxşi futbolçisi bölişni istagan bölsa, otasi — dunyodagi futbolçilarning otalari orasidagi eng boy dada bölişni. «Santos»dan transfer uçun katalonlar unga 40 million yevro miqdorida komissiya puli tölaşgandi (undan avvalroq yana 10 million yevroni avans sifatida berişgani haqida ham ma'lumotlar bor) — na Mino Rayola, na Jorjye Mendeş biror transferdan bunça pul işlagan. Futbolçi «Barselona»da yaxşigina maoş olgan: yiliga 14 million yevro (soliqlar çiqarib taşlanganda), ammo bu ham oçköz otaga kamlik qildi. Katta Neymar soliqlarni tölaşdan qoçdi, şu tufayli ispan sudi hamon braziliyalik futbolçini tinç qöymaydi.
Keyin «PSJ»dan taklif tuşdi. Bu amalga oşmaydigan transferdek köringandi, ammo bu amalga oşdi. «Barselona» hisobiga 222 million yevro kelib tuşgaç, Neymar yanada kattaroq maoş uçun Parijga yöl oldi, uning otasi bu transferni hal qilgani uçun qança miqdordagi xizmat haqi olgani hozirgaça noma'lum.
U öğli 2016 yilda kataloniyaliklar bilan şartnomani uzaytirgani uçun bonus sifatida 26 million yevro olgan, 2017 yilda esa Neymar 1 avgustga qadar kataloniyaliklar safida bölgani evaziga yana 27 million yevro olgan, Parij klubiga transfer uçun esa kamida 10 foizlik uluşga (22,2 million yevro) ega bölgan. Agar Neymar Kataloniyaga qaytsa u yana 20 million yevro atrofida uluş undirişi tayin.
Bu futbolçining öziga nega kerak edi? Miş-mişlarga köra, ota Neymar öğlini Messining soyasidan çiqişini aytib boşqa klubga ötişga köndirgan. Lekin özingdan zörni yengmasdan turib eng zör böliş mumkinmi? Şunday vaqtlar böldiki, Leoning özi Neymarning oldiga kelib şunday degan: «Nima istaysan? Oltin töpmi? Men şunday qilamanki, sen unga ega çiqasan». Albatta Messi korrupsiya yöli bilan jamoadoşiga bu sovrinni olib berişni niyat qilmagandi, ammo uning golli uzatmalari bilan braziliyalik futbolçida bu orzusiga erişiş imkoniyati bor edi.
Neymar öylab kördi — va rozi bölmadi. MSN triosi tarqaldi, braziliyalik futbolçi katta pullar uçun Parijga yöl oldi. Va sayyoraning eng yaxşi futbolçisi böliş uçun ham.
Jahannamda
Neymar Parijda futbol maydonida ham, gazetalar sahifalarida ham undanda zörroq boşqa bir futbolçi bölişini taxmin ham qilmagandi. Ammo öşa yozda katta rejalar tuzgan «PSJ» ayyorona sxemalar bilan Mbappeni öz safiga qöşib olgandi, uşbu 19 yoşli futbolçi yangi avlod yulduzi bölib ulgurgandi. Neymar yana bir jamoada boşqa yulduz soyasida qola boşladi. U oldingi planga çiqişga urindi, ammo bu oson emasdi. Braziliyalik futbolçi doimiy ravişda jarohat ola boşladi, «Oltin töp» uçun da'vogarlarning yakuniy röyxatiga kirişni töxtatdi va «Barselona»ni soğinib, jamoaga qaytiş haqida öylay boşladi.
Aytişlariça, Frenki-de Yong «PSJ» va «Barsa»dan birini tanlay olmay yurganida, kataloniyaliklar unga Neymar bilan şaxsiy yozişmalarni körsatişgan. Unda sakkiz yil muqaddam bölgani kabi, braziliyalik futbolçi «Barselona» safida öynaş istagi haqida bildirgan. De Yong şundan keyin Parijning oltin qafasi nima ekanini anglab yetgan va Ispaniya çempionatiga yöl olgan, Neymar hozir ham şunga urinmoqda. Ammo asirlikdan qoçiş uçun nima qiliş kerak?
«Barselona» prezidenti Xosep Bartomeu ham, Neymarning otasi ham bu transferdan manfaatdor. Axir bu bölib oliş mumkin bölgan katta pullar. Bunday paytda na 120 million yevroga sotib olingan Grizmann, na jamoa tört nafar top-forvardga egaligi, na soğlom fikrlar hisobga olinmaydi. Va «xoin»ning qaytişiga qarşi bölgan muxlislar e'tirozi ham.
«PSJ» esa ayni vaqtda Kilian Mbappe va Edinson Kavani jarohat olgani tufayli hujumçisiz qoldi. OAVda Mauro Ikardi va Paulo Dibala Parijga olib kelinişi haqida xabarlar tarqala boşladi.
Neymar va «Barselona». Bu serial yakunlanib qoldimi?
Kök-anorranglilar rahbariyati Neymarni qaytarişni istaşmoqda, ammo ularning puli tugab qolgan. Yana kredit olinadimi? Bartomeu bu haqda öylab kördi, ammo bu variant ma'qul emas. Şu tufayli «Barsa» Parijga öziga keraksiz bölgan futbolçilarni jönatmoqçi: avval Koutinoni taklif qilişdi, keyin Yumtiti va Rakitiç haqida xabarlar tarqaldi, yakuniy variantga köra esa Dembele Parij poytaxtiga yöl olişi mumkin, şu kunlarda u Instagram sahifasidan «Barselona» futbolçisi» degan yozuvni öçirib yubordi.
Klublar vakillari kelişuvga erişiş uçun Parijda ikki kun davomida muzokara ötkazişdi. Şayxlar köp pul söraşmoqda, «Barselona» ikkita tranşda bölib tölaşni nazarda tutgan holda 170 million yevro taklif qilmoqda. Muammo şundaki, kök-anorranglilar pulning birinçi qismini ham şu yilda tölay olişmaydi, hatto kredit olinsa ham: aks holda UYeFA kataloniyaliklarni moliyaviy feyr-pleyga amal qilmagani uçun qattiq jazolaydi. Şu sabab tufayli «Barsa» bir qança futbolçilaridan xalos bölişi kerak, bu orqali maoşlar vedomostini yengillaştirişadi. Şu tufayli Koutino «Bavariya»ga ijaraga berildi, Rakitiçni esa «Yuventus»ga jönatişmoqçi. Neymar, avvalgi safar bölgani kabi transfer bozorini portlatişi mumkin.
Muzokaralarning yangi bosqiçi boşlanib ketgan. Yaqin orada tomonlar kelişuvga erişişi kutilmoqda: Parij yoki pulni oladi, yoki pul va futbolçilar. Bu uddalab bölmaydigan işdek körinadi, ammo Neymar bilan hammasi mumkin. 0:4 hisobidan keyingi 6:1 hisobidagi kambek, 222 million yevro miqdoridagi transfer va darbadar öğilning «Barselona»ga qaytişi.
«Real» varianti ham saqlanib turibdi. Va hatto, u baribir «Pari Sen-Jyermen»da qolişi ham mumkin.
Yozgi transferlar yakunlanişiga yana bir neça kun qoldi. Bu kunlar juda qiziq ötişi va katta voqealar bölib ötişi kutilmoqda.












