May oyidan buyon vakant bölib turgan Özbekiston Respublikasi Quriliş vazirligi uçun yangi rahbar nomzodi deputatlar tomonidan ma'qullandi. 

Yangi vazir yangiça tayinlanmoqda 
Bugun, 29 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, Hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni körib çiqişdi. Bu gal quyi palatada Özbekiston Respublikasi quriliş vaziri lavozimiga nomzod muhokamasi ötkazildi.

Muhokamalar çoğida deputatlar ayni paytda mamlakatda quriliş, bunyodkorlik sohasida qilinayotgan işlarga batafsil töxtalib, keskin sur'atlarda keçayotgan bunyodkorlik işlarini e'tirof etiş barobarida bu borada uçrayotgan muammolar, yeçilişi lozim bölgan masalalarga ham e'tibor qaratişdi. Boş vazir tomonidan uşbu lavozimga nomzodi körsatilgan Botir Zokirovga qurilişlar sifati, uy-joylar narxi, davlat rahbari tomonidan qayd etilgan sohada korrupsiya holatlariga çek qöyiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar haqidagi savollar bilan murojaat qilindi.

Öz navbatida, nomzod ham deputatlar tomondan kötarilgan savollarga atrofliça javob qaytardi hamda ular e'tiboriga mazkur lavozimga kirişganidan söng quriliş sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta'minlaş maqsadida kelgusida amalga oşiriladigan işlari böyiça öz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Muhokamalar yakuniga köra, Botir Zokirov nomzodi Özbekiston Respublikasi quriliş vaziri lavozimiga ma'qullandi. 

Yangi amaliyot taklifi
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2019 yilda mamlakatni rivojlantirişning eng muhim ustuvor vazifalari töğrisidagi Parlamentga Murojaatnomasida parlamentning muhim qarorlar qabul qiliş va qonunlar ijrosini nazorat etiş faoliyatini kuçaytiriş lozimligi haqida gapirgandi.

«Hozirgi kunda Konstitutsiyaga muvofiq, parlament Boş vazirni tasdiqlaydi. Lekin vazirlarni lavozimga qöyişda qatnaşmaydi. Şuning uçun Hukumat a'zolari parlament oldida mas'uliyatni yetarli darajada his etayotgani yöq. Şu munosabat bilan Vazirlar Mahkamasi a'zolarini Oliy Majlis tomonidan tasdiqlaş amaliyotini kiritişni taklif etaman.

Bölajak vazir parlament a'zolari oldida sohani rivojlantiriş böyiça öz dasturini himoya qilsin va unga erişiş yöllarini asoslab bersin. Bir söz bilan aytganda, lavozimga munosib ekanini isbotlasin»,