Vazirlar Mahkamasining “Toşkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş davlat qömitasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Agronomiya hamda Agroiqtisodiyot va agroinjyeneriya fakultetlari negizida Toşkent davlat agrar universitetining Samarqand filialini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berilişi mumkin.

Quyidagilar Filialning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

qişloq xöjaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qöllaş, “aqlli qişloq xöjaligi” (Smart agriculture) va raqamlaştirilgan agrotexnologiyalarni joriy qiliş böyiça zamonaviy bilimlarga ega bölgan kadrlar tayyorlaş;

öquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalaş, fan dasturlarida soha böyiça zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilğor texnologiyalar böyiça bilimlarni aks ettiriş;

xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida professor-öqituvçilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va stajirovkalarini taşkil etiş;

ilmiy-tadqiqot institutlari bilan manfaatdor vazirlik, idora va taşkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boriş hamda ularning natijalarini işlab çiqarişga keng joriy etiş;

professor-öqituvçilar, ilmiy-tadqiqotçilar, talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratiş hamda joriy etiş borasidagi taşabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oşiriş;

öquv maşğulotlari, malakaviy amaliyotlarni ötişda talabalarni innovatsion va yangiça fikrlaşga yönaltiradigan yangi öqitiş texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, şu jumladan talabalarning mustaqil izlanişini ta'minlovçi mexanizmlarni keng joriy etiş;

şuningdek, hududda iqtisodiyot soha va tarmoqlarining rivojlaniş istiqbollari va ustuvor vazifalari, zamonaviy texnika hamda texnologiyalarning rivojlaniş tendensiyalarini hisobga olgan holda Janubiy Koreya va boşqa rivojlangan mamlakatlarning yetakçi oliy va ilmiy ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik örnatib, mintaqada ehtiyoj yuqori bölgan mutaxassisliklar böyiça ikki tomonlama tan olinadigan qöşma ta'lim dasturlarini keng joriy etiş orqali nazariy-amaliy könikmalarni egallagan malakali kadrlar tayyorlaş;