Özbekiston Respublikasi Prezidenti “Toşkent davlat agrar universiteti faoliyatini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan keltirilgan.

Toşkent davlat agrar universiteti va uning filiallarida qişloq xöjaligi ta'limi va ilm-fanini yanada rivojlantirişning ustuvor yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:

qişloq xöjaligida innovatsion resurstejamkor texnologiyalarni qöllaş, “aqlli qişloq xöjaligi” (Smart agriculture) va raqamlaştirilgan agrotexnologiyalarni joriy qiliş böyiça zamonaviy bilimlarga ega bölgan kadrlar tayyorlaş;

öquv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalaş, fan dasturlarida soha böyiça zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari, yuqori unumli va resurstejamkor ilğor texnologiyalar sohasidagi bilimlarni şakllantirişga qaratilgan vazifalarni aks ettiriş;

xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalarida professor-öqituvçilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oşiriş va stajirovkalarini taşkil etiş;

ilmiy-tadqiqot institutlari, manfaatdor vazirlik, idora va taşkilotlar hamkorligida fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlar olib boriş hamda ularning natijalarini işlab çiqarişga keng joriy etiş;

Universitet va uning filiallari axborot-maslahat markazlari (extension center) orqali qişloq xöjaligi işlab çiqarişidagi tizimli muammolarni aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş böyiça “axborot – maslahat markazi – kafedra – qişloq xöjaligi işlab çiqaruvçisi” tizimini joriy etiş;

professor-öqituvçilar, ilmiy-tadqiqotçilar va talabalarning innovatsion texnologiyalarni yaratiş hamda joriy etiş borasidagi taşabbuskorligi va moddiy manfaatdorligini oşiriş;

öquv maşğulotlari, malakaviy amaliyotlarni ötişda talabalarni innovatsion va yangiça fikrlaşga yönaltiradigan yangi öqitiş texnologiyalari hamda interfaol uslublarni, şu jumladan, talabalarning mustaqil izlanişini ta'minlovçi mexanizmlarni keng joriy etiş;

qişloq xöjaligi va uning tarmoqlari uçun kadrlar tayyorlaşning uzviy tizimini yaratiş, biriktirilgan akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta'lim dasturlarining uzluksizligi va izçilligini ta'minlaş.

Qişloq xöjaligi sohasida fan, ta'lim va işlab çiqarişni integratsiyalaş böyiça Muvofiqlaştiruvçi kengaş tarkibi tasdiqlandi hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi: