«Mançester Yunayted» hujumçisi Aleksis Sançes faoliyatini «Inter»da davom ettiradi.
Italyanlar klubi uşbu çililik futbolçini 2020 yil yoziga qadar ijaraga olganini e'lon qilgan.
Xabar qilinişiça, milanliklar keyingi yil yozida Sançesni 15 mln yevro evaziga töliq transfer qiliş huquqiga ega.
Aleksis «Mançester Yunayted»ga 2018 yil yanvarida «Arsenal» safidan ötgandi. Uşbu forvard muqaddam «River Pleyt», «Kolo-Kolo», «Kobreloa», «Udineze» va «Barselona klublari safida ham öynagan.
Ötgan mavsumda 30 yoşli futbolçi «Mançester Yunayted» safida Premer-liganing 20 uçraşuvida iştirok etib, 1 gol urgandi. Uning mançesterliklar klubi bilan amaldagi şartnomasi 2022 yil yoziga qadar.
Bundan avvalroq «Inter» «MYu»ning boşqa bir hujumçisi Romelu Lukakuni öz safiga qöşib olgandi.









