Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimida işlab kelgan Şerzod Kudbiyev Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi lavozimiga tayinlandi va şu munosabat bilan Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimidan ozod etildi.

Kun.uz manbasining ma'lum qilişiça, şu vaqtgaça Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va kadrlar zaxirasi masalalari böyiça maslahatçisi lavozimi Özbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qiliş masalalari böyiça maslahatçisi deb özgartirilgan.

Şerzod Kudbiyev 2018 yil 12 aprel kuni Bandlik va mehnat munosabatlar vaziri etib tayinlangandi. Kudbiyev vazir bölişidan avval Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgandi. 1981 yil 12 aprelda Farğonada tuğilgan Kudbiyev Farğona politexnika institutini moliya va kredit mutaxassisligi böyiça tamomlagan.