Namunali uylarda yaşaşni orzu qilgan kişilarning, mas'uliyatsiz quruvçilar tomonidan qöl uçida qurib bitkazilgan kottejlarning ahvolini körib, «Bu uyning nimasi namunali?», deyişayotganiga köp bora guvoh bölyapmiz. Katta mablağ evaziga uy sotib olib norizo bölayotgan insonlardan juda köplab arznomalar kelmoqda.
Aholi murojaatlari ortidan Farğona viloyati, Özbekiston tumaniga borib, «Mingtut» mahallasi Hasanobod köçasidagi namunali uylardagi ayançli holat ustidan çiqdik.

Mazkur hududda 2014 yili 500dan ziyod kottej qurilib, foydalanişga topşirilgan. Butun boşli daha barpo qilingan. Narxi öşa paytda 140 million sömni taşkil etgan namunali uylarni odamlar yaxşi niyatlar bilan sotib olişgan.
Hasanobod köçasidagi uylar holati bilan tanişdik.
Har yozda ariq toşişi oqibatida uşbu köçadagi uylarni suv bosib ketar ekan. Hammayoq loy, uylar nuray boşlagan, daraxtlar qurib qolgan. Qisqasi, risoladagidek yaşaşning iloji yöq.
Ötgan beş yil mobaynida saqlanib qolayotgan muammolarni hal qiliş uçun tumanda aholi murojaat qilmagan idora qolmagan.



Nö'monjon aka Mamajonov masalaga quyidagiça izoh berdi: «Biz mana şu uyni 2014 yili olgan bölsak, öşandan beri taşvişlarda hayot keçiramiz. Bu uy biz uçun «namunali» emas, balki «taşvişli uy» böldi. Köçamizni, uylarimizni har yili yozda beş-olti marta suv bosadi. Sababi, köçadan ötgan lotok-ariqdan me'yoridan ortiqça suv kelişi va toşib çiqişida. Bu lotokdan ikki-uçta boğdorçilik fermer xöjaliklari öz ekinlarini suğorişda foydalanişadi. Lekin heç kim aholiga qiyinçilik tuğdirayotgan muammoni hal qilişga urinmayapti. Qöşnilar nomidan tuman hokimligiga bordik, hokim suv xöjaligiga, suv xöjaligi oqin suvlarni nazorat qiluvçi taşkilotga buyurdi. Ular işçi guruhi tuzib kelişadi, örganişadi. Lekin ahvol öşanday qolib ketaveradi. Dardimizni oxiri sizlarga aytişga qaror qildik.












