Ukrainalik boksçi Vasiliy Lomaçenko yengil vazn toifasida Butunjahon boks kengaşi (WBC) talqini böyiça çempionlik kamarini qölga kiritdi.

Bu unvon uçun jangda u britaniyalik Lyuk Kempbellni mağlubiyatga uçratdi. Hakamlar ğalabani ukrainalikka berişgan.

Endilikda Lomaçenko hisobida WBC, WBA va WBO kamarlari bor.

Lomaçenko-Kempbell jangi Londondagi boks keçasi doirasida ötkazilib, uning boş voqeasi bölgan. 

Keça doirasida, şuningdek, rossiyalik Aleksandr Povetkin britaniyalik Xyui Fyuriga qarşi jang ötkazib, oğir vaznda WBA International çempionlik kamarini qölga kiritdi.