Turkiyaning Istanbul şahridagi eng qaşşoq mahallalardan biri Hasköyda noma'lum saxovatgöy inson paydo böldi, deb xabar beradi «Islam i semya».

Juda eski uylarda yaşovçi odamlar bir oydan beri öz eşiklari oldida pul solingan konvertlarni topib olişmoqda. Mahalla aholisi özini maxfiy tutgan homiyni «zamonamiz Xizri» deb nomlaşgan.

Kambağallar konvertdagi pullar qiymati har safar özgarib turişini, saxovatli inson oilaning ehtiyojiga qarab 1000, 2000 yoki 3000 turk lirasini (200-500 AQŞ dollari) qoldirib ketayotganini aytişmoqda. Bu pullar oilaning bir neça haftalik yoki bir oylik taomiga yetyapti.

«Bomdod namozidan keyin taşqarida qandaydir ovozni eşitdim. Eşikni oçganimda bir odamning şoşib ketayotganini va qöşni köçaga kirib, ğoyib bölganini kördim. Keyin konvertga közim tuşdi. Uning içida pul bor ekan. Bu mening yarim oylik maoşimga teng pul edi», — dedi mahallada yaşovçi Poşo Ali.

«Menga ikki marta konvert taşlab ketişdi. Ötgan haftada va şu haftada. Bir safar tunda, boşqa safar tongda. Konvertlarni otam topib oldi, uning içida biz uçun juda katta miqdorda mablağ bor edi. 40 yildan beri şu yerda yaşayman, ammo bunaqasini körmaganman. Aytişlariça, yana 15 yoki 20 oila şunday konvertlarni topib olgan. Bunday saxovatli insondan Olloh rozi bölsin», — deb qöşimça qildi şu mahalla vakili Yaşar Bilgin.

Hasköyliklar noma'lum saxovatgöyning kim ekanini bilişmayapti, ammo unga minnatdorçilik bildirib, haqiga duo qilişmoqda.

«Mahallamizdagi noçorlarning barçasi konvert olişdi. Olloh bu insonga ajru-savob ato qilsin! Menimça bu inson qaçonlardir şu yerda yaşagan, keyinçalik boyib ketgan, ammo qöşnilarining muhtojligini unutmay, ularga yordam qölini çözayotgan bölsa kerak. Çunki notaniş insonlar qaysi oila noçor ekanini, nimalarga muhtoj ekanini bilmaydi», — dedi mahalla oqsoqollaridan biri Öğuzxon Erzurumlu.