Joriy yilning 26 avgust kuni “«Straus House»dan aholi nega norozi?” nomli maqola e'lon qilingan edi. Unda “Straus House” MÇJ bilan 2019 yil yanvar – aprel oylarida tuyaquş yetkazib beriş böyiça şartnoma imzolab, tölovni amalga oşirgan, biroq bugungi kunga qadar pulni ham tuyaquşlarni ham ololmayotgan fuqarolarning muammolari haqida söz yuritilgandi.

Mazkur maqola e'lon qilingandan söng, aynan uşbu masala yuzasidan tahririyatga murojaat yöllovçilar soni keskin köpaydi. Bu safar tuyaquş jöjalarini xarid qiliş uçun tölovni bank kreditlari orqali amalga oşirgan fuqarolarning sözlarini tingladik.

Toşkentlik Baxodir Alimov joriy yilning 4 aprel kuni «Straus House» MÇJ bilan 12 boş tuyaquş jöjalari uçun şartnoma imzolab, jöja va uning ozuqa yemi uçun “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida TIF “Milliy bank”ning Markaziy amaliyot bölimidan 30400000 (öttiz million tört yuz ming) söm kredit rasmiylaştirgan. Şartnoma böyiça 90 kunda (4 iyulgaça) yetib kelişi lozim bölgan jöjalar va ularning yemidan hanuzgaça darak yöq. Bank krediti esa foizlari bilan tölab kelinmoqda.

Andijon viloyatidagi köp tarmoqli “Evro Osiyo Biznes Starj” mas'uliyati çeklangan jamiyati ham yaxşi niyatlar ila faoliyat yönalişini yana bittaga köpaytiriş maqsadida «Straus House» MÇJ bilan 100 boş tuyaquş jöjalari uçun şartnoma tuzadi. Bu maqsad uçun imtiyozli asoslarda yillik 8 foiz bank kreditini rasmiylaştiradi va olingan 200 mln. sömlik kredit mablağlarining 160 mln. sömini tuyaquş hamda 40 mln. sömini uning yemi uçun «Straus House» MÇJga tölaydi.

Şartnoma 2019 yil 21 yanvarida tuzilib, tölovlar may oyida töliq amalga oşirilgan bölsa-da, şu kungaça jöjalardan ham ularning yemidan ham darak yöq. Bu vaqt orasida 4 gektar yer olib, uni tuyaquş boqiş uçun maxsus vositalar yordamida tayyorlaşga ham bir neça million söm mablağ sarflangan. Bankdan olingan kredit uçun tadbirkor tölaydigan har oylik foiz miqdori 8 mln. sömni taşkil etmoqda. Pullar öz vaqtida qaytarilmasa tadbirkorning holi ne keçişini tasavvur qiliş qiyin emas.