Oxirgi kunlar ijtimoiy tarmoqlarda mobil aloqa foydalanuvçilariga noma'lum raqamlardan qönğiroq qilinib, söngra aloqa uzilib qöyilayotgani, bu telefon orqali firibgarlikning yangi turi ekanligi haqidagi xabarlar tarqaldi. Bu şunday köriniş olgan: foydalanuvçiga noma'lum raqamdan qönğiroq keladi, 2 soniyadan keyin esa aloqa uzilib qöyiladi. AiF.ru naşri axborot xavfsizligi böyiça mutaxassis Aleksandr Baranov bilan buni kim nima maqsadda amalga oşirayotganini hamda bunday holatda özini qanday qilib xavfsizlantiriş mumkinligi haqida suhbatlaşdi.

Nima uçun noma'lum raqamlardan qönğiroqlar qilinmoqda?

Körinişiça, buni firibgarlar amalga oşirib, ular abonent ötkazib yuborilgan qönğiroqni körib, öşa raqamga özi qayta qönğiroq qilişini maqsad qilişgan. Baranovning tuşuntirişiça, bunday firibgar firmalar aloqa operatori bilan bitim tuzib, uning şartlariga köra firibgarlarning raqamlariga kelib tuşuvçi har qanday qönğiroq pullik böladi. Ya'ni agar abonent qayta qönğiroq qilsa, uning hisobidan ma'lum summa yeçib olinadi. Bunday firmalar abonentlar raqamlarini oçiq manbalardan yoki abonentlar bazasini sotib oliş orqali olişlari mumkin.

Firibgarlardan qanday himoyalaniş mumkin?

Kontaktlaringizga kirmaydigan bunday raqamlarga qönğiroq qilmaslik lozim. Agar bu firibgarlar emas, zarurat yuzasidan boşqa bir odam qönğiroq qilgan bölsa, u albatta qayta qönğiroq qiladi. Agar siz firibgarlar qönğiroq qilganidan gumon qilsangiz, raqamni internetdan izlab, u haqida axborot olişingiz mumkin. Şuningdek, nomaqbul raqamni “qora röyxat”ga kiritib qöyiş mumkin, biroq bu unça samarali çora emas, çunki firibgarlar öz raqamlarini muntazam özgartirib turişadi.

Agar pul yeçib olingan bölsa, uni qaytariş mumkinmi?

Mutaxassisning fikriça, nazariy jihatdan pullarni qaytariş mumkin, biroq buni amalga oşiriş murakkab va ma'lum xarajatni talab qiladigan jarayondir, çunki bunda abonentning özi qayta qönğiroq qilgan.

“Firibgar firma qönğiroq qilganini isbotlaş juda qiyin böladi. Odatda, ular huquqiy tomondan yaxşi himoyalangan. Albatta, oldiga maqsad qöyib, tölaqonli sud jarayoni ötkazilsa, unda pullar qaytarilişiga erişiş mumkin, biroq buni har kim ham istayvermaydi. Bu murakkab texnik ekspertizani jalb qilgan holda keçuvçi sud jarayoni bölib, mömaygina pulga aylanadi”, deb tuşuntirgan mutaxassis.