2019 yilning 2 sentabr kuni soat 12:32da Farğona viloyati Danğara tumani Qörğonça MFY Çankat qişloğida yaşovçi fuqaro M.M.ning uyida yonğin sodir bölganligi haqida yonğin-qutqaruv xizmatiga xabar kelib tuşgan.
Özbekiston Respublikasi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qiliş bölinmasi ma'lumotiga köra, yonğinga 2 ta yonğin öçiriş bölinmalari jalb etilgan. Voqea joyiga yetib borgan yonğin öçiruvçilarning tezkor harakatlari natijasida yonğin bartaraf etilgan.
Yonğin oqibatida yaşaş uyi oşxonasining 15 kv.metr maydonda tomi va şift qismlari yonib zararlangan. Yonğindan yaşaş uyining 160 kv.metr maydoni saqlab qolingan.
Körsatilgan manzilda gaz va havo aralaşmasining çaqnaşi natijasida uy egasining öğli 2002 y.t. fuqaro S.Q. kuyiş tan jarohati olib, yonğin öçiriş ekipajlari yetib borgunga qadar şifoxonaga olib ketilgani ma'lum bölgan.
Yonğinning kelib çiqiş sababi - gaz maişiy ballonini almaştiriş vaqtida gaz sizib çiqib xonaga töplanişi va uy egasining öğli gugurt yoqişi natijasida yuzaga kelgan çaqnaşdan.













