3 senyatbr kuni Britaniya parlamenti kiçik ta'tildan söng öz faoliyatini tikladi. Ta'tildan qaytgan parlament öz işini yangi saylangan boş vazirning imkoniyatlarini çeklaş bilan boşladi. «Breksit»ni bir yoqlik qiliş uçun hukumat rahbarligiga saylangan Boris Jonson özi xohlaganidek «keskin breksit»ni qöllay olmaydigan böldi, çunki parlament buni çeklab qöydi.
Parlament 328 ga 301 nisbat bilan hukumatdan parlamentning kun tartibni belgilaş huquqini olib taşlaşni yoqlab ovoz berdi. Bu parlamentga Yevropa Ittifoqidan birdaniga çiqib ketiş, ya'ni «keskin Breksit»ni çeklaş borasida qonun çiqariş imkonini beradi. Boris Jonson esa parlamentga tahdid qilişga ham ulgurdi. U deputatlar «Breksit»ni yana ortga suradigan bölişsa, muddatidan avval parlament saylovlarini boşlaşga va'da berdi.
Britaniya tarixida köplab inqirozlar bölgan, ammo VVS’ning yozişiça, bu qadar çigal holat avval kuzatilmagan: hukumat qaror qabul qilişi kerak (ya'ni «Breksit» borasida), ammo mustaqil qaror qabul qila olmaydi. Parlament hukumatdan qaror qabul qiliş huquqini olib qöymoqçi. Boş vazirni parlamentda köpçilik qöllamayapti, sudlar parlament faoliyatini töxtatişning qonuniyligini örganmoqda, «bonus»iga Şotlandiya va Şimoliy Irlandiya mustaqillik uçun referendumga tayyorlanmoqda. Britaniya Yevropa Ittifoqidan tezroq çiqib ketiş örniga özining içki mojarolari bilan öralaşib qolgan. Xullas, hammasi boşi berk köçaga kirib qolgan.

Britaniya 31 oktabr kuni Yevropa Ittifoqidan çiqib ketişi kerak, bu çiqiş qay tartibda amalga oşişi esa hamon aniq emas. Agar köpçilik yangi muddat uçun ovoz bersa, boş vazir navbatdan taşqari parlament saylovlariga «start berişi» mumkin. Qirollikning Yevropa Ittifoqida qolişi böyiça qayta referendum ötkazişi ham ehtimoldan xoli emas. Boris Jonsonning aytgani bölsa, 31 oktabr kuni qirollik YeIni heç qanday kelişuvsiz tark etadi va «keskin Breksit» amalga oşadi. Bu holatda Yevropa Ittifoqi Birlaşgan Qirollikdan haqqini talab qilişni boşlaydi. Ya'ni, Britaniya har qanaqasiga katta xarajatlar ostonasida turibdi.
Boris Jonson imkon boriça Yevropa Ittifoqidan «muloyimroq» (hamma kelişuvlarda bir töxtamga kelib) çiqib ketişni xohlamoqda, ammo bunday bölmasa, Jonson «keskin Breksit» amalga oşişiga erişmoqçi. Eng qiziği, parlament Jonson bu işni qila olmasligi uçun maxsus qonun çiqarmoqçi (havas qilarli darajada demokratiya va qonun ustuvorligi, şunday emasmi?).
Britaniya parlamentida Jonsonga qarşi «isyon» kötarilgan desa ham böladi. Boş vazir «Breksit»ni sekinlaştirayotgan bunday isyonkorlarni ovoz beriş huquqidan mahrum qilmoqçi, ammo boş vazirning raqiblari çekinmoqçi emas. Konservatorlarning içida ham boş vazirga qarşilar köpligini inobatga olsak, Jonson hukumat rahbarligi nomidan quruq qolişi ham heç gap emas.


















