Kamerunlik maşhur hujumçi Samyuel EtöO faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

38 yoşli futbolçining sönggi klubi «Qatar SK» böldi.

EtöO faoliyati davomida «Real», «Malorka», «Barselona», «Inter», «Anji», «Çelsi» kabi klublarda töp tepgan. U 3 marta Çempionlar Ligasida, şunça marta Ispaniya çempionatida, 1 marta Italiya çempionatida ğalaba qozongan.

1996 - 2014 yillarda Kamerun milliy jamoasida töp tepib, 118ta öyinda 56ta gol urgan. U milliy jamoa tarixidagi eng yaxşi töpurardir. Hujumçi kamerunliklar tarkibida 2 marta Afrika Kubogi va 1 marta Sidney-2000 olimpiadasida zafar quçgan. Şuningdek, 4 marta Afrikaning eng yaxşi futbolçisi deb topilgan.

«Barçasi tugadi. Oldinda yangi çorlovlar. Hammaga katta rahmat», – deb yozdi EtöO öz bayonotida.