Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniya prokuraturasi Eto'O uchun 10 yillik qamoq jazosi so‘ramoqda
Turkiyaning «Antaliyaspor» jamoasi hujumchisi Samyuel Eto’O 2006-2009 yillarda «Barselona» safida to‘p surgan paytlarida taxminan 3,5 million yevro miqdorida soliqlarni to‘lamaganlikda gumon qilinmoqda.
Ispaniya prokuraturasi mazkur ayblov bo‘yicha ish ochib kamerunlik futbolchi 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va 14 million yevro miqdorida jarima to‘lashini talab qilib chiqqan. Hujjatlarda qayd qilinishicha, Eto’O imij huquqini sotish orqali topadigan pullari uchun soliqlardan qochish maqsadida ikkita kompaniyaga (bittasi Ispaniyada, ikkinchisi Vengriyada) muassislik qilgan.
O‘sha davrlarda Puma afrikalik futbolchi uchun yiliga 1,5-3 million yevrogacha yillik gonarar to‘lagan. Eto’O esa noqonuniy yo‘llar bilan ushbu pullarning barchasini saqlab qolgan va soliqlarni to‘lamagan.
Mavzuga oid
12:31 / 03.03.2026
1 mlrd so‘mlik tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olish holati aniqlandi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
09:30 / 26.02.2026
“Nohaq ayblashdi” – Samarqandda sobiq IIB xodimi Oliy suddan adolat kutyapti
19:07 / 14.02.2026