Bugun, 6 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida «Öztöqimaçisanoat» uyuşmasi mutasaddilari va jurnalistlar iştirokida matbuot anjumani ötkazildi.

Anjuman davomida «Öztöqimaçisanoat» uyuşmasi raisi Ilhom Haydarov töqimaçilik sohasi keyingi yillarda sezilarli darajada ösayotgani haqida ma'lumot berdi.

«Bu sohada eksport salohiyatimiz ham rivojlanmoqda. 2018 yili 1,6 milliard AQŞ dollari miqdorida töqimaçilik mahsulotlarini eksport qilgan bölsak, joriy yil mahsulotlarimiz eksporti hajmi 2 milliard dollarga yetişi kutilmoqda», deydi Ilhom Haydarov.

Şuningdek, «Öztöqimaçisanoat» uyuşmasi raisi sohada faoliyat yuritayotgan kadrlar malakasi böyiça kamçiliklar va hal qilinişi lozim bölgan masalalarga alohida töxtalib ötdi.

«Bugungi kunda juda katta investitsiyalar hisobiga sanoatimizni rivojlantirdik. Töqimaçilik sanoatida ham rivojlangan texnologiyalar mavjud. Lekin ularni işlata oliş alohida masala bölib qolmoqda.

Afsuski, biz bugun texnologiyalarni işlatiş uçun çet ellik texnologlarni jalb qilmoqdamiz. Turkiya, Janubiy Koreya, Hindiston va hatto, Bangladeşdan ham mutaxassislarimiz bor», deya uyuşma raisining sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Uyuşma raisining ma'lumotiga köra, töqimaçilik sanoatiga kerakli kadrlarni tayyorlaş uçun Oliy ta'lim vazirligi hamda Töqimaçilik va yengil sanoat instituti bilan qöşma «Yöl xaritasi» tuzilgan. Tizimda ayni paytda 3ta poğonada kadrlar tayyorlaş yölga qöyilgan. Mutaxassislarni qayta tayyorlaş, oliy ta'lim beriş va kiçik-kiçik kurslarda kadrlar tayyorlaş orqali ularga bevosita mutaxassisliklar beriş şular jumlasidan.

«Kadrlar tayyorlaş borasida qilinayotgan işlar samarasi kelasi bir neça yilda namoyon bölişiga umid qilamiz», deya qöşimça qildi Ilhom Haydarov.