Jahon | 00:51 / 09.09.2019
9793
2 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an: AQSh tomonidan Suriyada terrorchilar uchun xavfsiz hudud yaratilmoqda

Foto: Reuters

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an AQShni Suriya shimolida xavfsizlik hududini Anqara uchun emas, balki Vashington tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi Suriya demokratik kuchlari koalitsiyasi uchun yaratmoqchi bo‘layotganlikda aybladi.  

“Turkiya Suriya shimolini terrorchilik guruhlaridan tozalashga qat'iy istak bildirayotgan bir vaqtda, ular [AQSh] bir vaqtning o‘zida ham bizni, ham ularni boshqarmoqchi. Ko‘rinishicha, AQSh biz uchun emas, terrorchilik tashkiloti uchun xavfsizlik hududi yaratishni istamoqda”, deb aytgan Erdo‘g‘an. 

Turkiya prezidentining aytishicha, bunday yondashuv nomaqbuldir. 

“Biz AQSh bilan xavfsizlik hududi bo‘yicha muzokaralar olib bormoqdamiz-u, ammo turli maqsadlarga intilayotganimizni qo‘rmoqdamiz”, deb qo‘shimcha qilgan Turkiya yetakchisi.

Turkiya Suriya demokratik kuchlari tarkibiga kiruvchi “Xalq mudofaa kuchlari” kurd tuzilmalarini terrorchilar deb hisoblaydi.

8 sentyabrda Turkiya va AQSh harbiylari Suriyada birgalikda patrullashni boshlashgani ma'lum qilingandi. Frot daryosidan sharqda xavfsizlik hududini yaratish doirasida tashkil etilgan patrullash Suriya-Turkiya chegarasining 30 kmlik hududida boshlangan. 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid