Vazirlar Mahkamasining “Dehqon xöjaliklari faoliyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasi Qişloq xöjaligi vazirligi, Suv xöjaligi vazirligi, Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Davlat statistika qömitasi, Davlat soliq qömitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qiliş davlat inspeksiyasi, Davlat xizmatlari agentligi, Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi hamda viloyat hokimlarining dehqon xöjaliklari faoliyatini yanada takomillaştiriş töğrisidagi takliflari ma'qullanişi mumkin.
“Davergeodezkadastr” qömitasi, Davlat soliq qömitasi, Inspeksiya, Kengaş, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi hamda viloyat hokimliklari bilan birgalikda dehqon va şaxsiy yordamçi xöjaliklari soni va ularga biriktirilgan yer maydonlarini yalpi xatlovdan ötkazilişini ta'minlaydi.
Işçi guruhi xatlov natijasiga köra aniqlangan xöjaliklarni taşkil etilişini qonuniyligi yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga aniq takliflar kiritadi.
Işçi guruhi tomonidan tuzilgan dalolatnomaga köra:
yerdan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgan hollarda yerga bölgan egalik huquqini Özbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga muvofiq bekor qilinişini;
qişloq xöjaligi ekini ekiş uçun möljallangan yer maydonida özboşimçalik bilan amalga oşirilgan qurilişlarni amalga oşirgan şaxs mablağlari hisobidan buzilişi va ekin yer maydoni darajasiga keltirilişi, bu jarayonda nizo yuzaga kelgan hollarda uşbu harakat Özbekiston Respublikasi Yer kodeksining 89-moddasiga muvofiq sud tartibida hal etilişini;
maqsadsiz foydalanilgan yer maydonini davlat zaxirasiga qaytarib, dehqon xöjaliklarining faoliyatini Özbekiston Respublikasi “Dehqon xöjaligi töğrisida”gi qonunining 27-moddasiga muvofiq tugatilişini ta'minlaydilar.
Davlat xizmatlari agentligi xatlov natijasiga köra, barça dehqon va şaxsiy yordamçi xöjaliklarini davlat röyxati reyestri bilan taqqoslagan holda, röyxatda bölmagan dehqon xöjaliklarini belgilangan tartib va muddatlarda yagona dehqon xöjaligi sifatida röyxatga olinişini ta'minlaydi.













