Joriy yilning 23 avgust kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev raisligida bölib ötgan xalq ta'limi tizimini rivojlantiriş, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oşiriş, yoş avlod ma'naviyatini yuksaltiriş masalalariga bağişlangan videoselektor yiğilişida ta'lim sifatini yanada yaxşilaş uçun hokimlar ham maktabga yaqin bölişlari, haftada kamida 3 marta hududlardagi öquv muassasalariga borib dars ötişlari, öquvçilar bilan bevosita muloqot qilişlari aytilgandi.
Navoiy viloyati hokimi Qobil Tursunov joriy yilning 4 sentabr kuni Karmana tumanidagi 21-sonli umumta'lim maktabida öquvçilar bilan uçraşib, ularga ilk mustaqillik saboğini bergan edi.

7 sentabr kuni hokim şu an'anani davom ettirib, tumandagi 14- va 12-umumta'lim maktablarida böldi. Viloyat rahbari öquvçi yoşlarga Özbekistonning mustaqillikka erişiş tarixi, kelajak avlodning dunyoqaraşini özgartiriş, ösib kelayotgan avlod ongida yot ğoyalarga qarşi immunitetni şakllantiriş haqida gapirdi.

Şuningdek, mamlakatda iqtidorli va faol yoşlar uçun keng imkoniyatlar yaratilgani, ularning axborot texnologiyalari bilan ta'minlanişi ham intellektlari oşişiga xizmat qilayotganini ta'kidladi.
Viloyat hokimi tomonidan har bir maktabga 200 donadan ortiq mahalliy va çet el yozuvçilarining durdona asarlari çop etilgan kitoblar jamlanmasini sovğa qildi.


















