18:26 / 09.09.2019
1
18710

So‘nggi 10 yilda transferlar uchun eng ko‘p pul sarflagan klublar reytingi e'lon qilindi

Foto: AFP/Getty Images

Yevropaning «kuchli beshlik» chempionatlarida 2010 yildan 2019 yilga qadar bo‘lgan muddatda transferlar uchun eng ko‘p mablag‘ sarflagan klublar reytingi e'lon qilindi. 

CIES Football Observatory hisobotiga ko‘ra, bu davr mobaynida eng yirik xaridlarni amalga oshirish bo‘yicha yetakchi «Manchester Siti» bo‘lgan – 1638 mln yevro. Ikkinchi o‘rinda «Barselona» (1525 mln), uchinchi o‘rinda – «Chelsi» (1428 mln) joylashgan. 

Reytingning top-10 ro‘yxatidan joy olgan jamoalar jami bo‘lib bu davr ichida transferlar uchun qariyb 12 milliard yevro sarflashgan.

1. «Manchester Siti» – 1638 mln yevro

2. «Barselona» – 1525 mln

3. «Chelsi» – 1428 mln

4. «PSJ» – 1392 mln

5. «Yuventus» – 1272 mln

6. «Manchester Yunayted» – 1265 mln

7. «Real» – 1236 mln

8. «Atletiko» – 1110 mln

9. «Liverpul» – 1075 mln

10. «Inter» – 968 mln.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top