Şu yilning 1 sentyabridan 1 oktyabriga qadar Özbekiston yoşlari umumjahon assotsiatsiyasi tomonidan Afğoniston Islom Respublikasida yaşovçi yoşlarni qöllab-quvvatlaş maqsadida “Tinçlik uçun” xalqaro xayriya aksiyasi ötkazilmoqda.
Mazkur aksiya orqali Afğonistondagi ota-ona qaramoğisiz qolgan, oğir şaroitlarda yaşayotgan etnik özbeklar va afğon yoşlarning muammolariga keng jamoatçilik e'tiborini qaratiş hamda ularni qöllab-quvvatlaş maqsad qilingan.
Assotsiatsiya vakillari dastlab şu yilning may oyida xizmat safari doirasida Afğoniston Islom Respublikasining Xayraton va Mozori Şarif şaharlarida istiqomat qilayotgan etnik özbeklarning turmuş tarzi bilan yaqindan tanişdi.
Zaxiriddin Muhammad Bobur nomidagi maktab (Özbekiston tomonidan 2014 yilda sovğa qilib qurib berilgan) va Ğulom Muhammadi Maymanagi nomidagi xususiy maktabga taşrif buyurildi va ta'lim olayotgan etnik özbeklarning muammolari örganib çiqildi va “Tinçlik uçun” xalqaro xayriya aksiyasini ötkazişga kelişib olindi.
Xalqaro xayriya aksiyasi doirasidagi barça mablağlar “Imkoniyati çeklangan yoşlar va bolalar bilan işlaş markazi” nodavlat notijorat taşkilotining quyidagi maxsus hisob raqamiga (X/R 2021 2000 4008 2353 6002; INN: 207 268 312; MFO: 00407) yönaltiriladi. Şuningdek, xayriya işlari CLICK va Payme xizmatlari orqali ham amalga oşirilişi mumkin.
Kelib tuşgan barça mablağlar yoşlar uçun zarur bölgan lotin grafikasidagi özbek tilidagi adabiyot namunalari, öquv darsliklar va öquv qurollari hamda kiyim-keçaklar xarid qiliş uçun sarflanadi.
Aksiya doirasida kelib tuşgan barça mulklar Özbekiston Respublikasining Afğoniston Boş konsulxonasi yordamida “Özbekiston temir yöllari” aksiyadorlik jamiyati orqali Afğoniston Islom Respublikasiga jönatiladi.
Tölovni amalga oşiriş qoidasi: belgilangan hisob raqamiga #tinchlikuchun xeştegi ostida xayriya aksiyasi uçun ixtiyoriy yordam puli yönaltiriladi.












