O‘zbekistonda ishsizlik darajasi hamon yuqoriligicha qolmoqda – 9,1 foiz
Tadbirkorlik sub'yektlari uchun yagona ijtimoiy to‘lov 25% dan 12% foizgacha va jismoniy shaxslar uchun daromad solig‘i 12 foizgacha tushirilgani rasmiy ishlayotganlar soni oshishiga va aksincha, norasmiy ishlayotganlar soni qisqarishiga sabab bo‘lgan. Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri birinchi o‘rinbosari Erkin Muhiddinov «O‘zbekistonda milliy bandlik strategiyasi sari yo‘l» mavzusida tashkil etilgan forum doirasida shu haqda ma'lum qildi.
«Shunga qaramay, ishsizlik darajasi hamon yuqoriligicha qolmoqda. Bu raqam bugungi kunda 9,1 foizni tashkil etadi. Aholining band bo‘lmagan va ishga joylashishni kutayotganlar soni 1 mln 342,6 ming kishidan iborat. Bu qiyoslash uchun Jizzax viloyati aholisi soniga teng raqamdir», - deya ma'lum qildi Muhiddinov.
Uning aytishicha, xavotir uyg‘otadigan jihati shundaki, 20-30 yoshli yoshlar o‘rtasida ishsizlar darajasi 15,1 foizni tashkil etmoqda. 15-25 yoshlilarning 16,8 foizi, ayollarning 12,7 foizi ishsizdir.
Bugungi kunda mehnat zaxirasi 18 mln 954 ming kishini tashkil etadi. Bu 2018 yil yanvar-iyun ko‘rsatkichiga nisbatan 1 foizga ko‘p demakdir. Iqtisodiy faol aholi soni esa, 2018 yil ko‘rsatkichiga nisbatan 1,2 foizga oshib, 181,5 ming kishiga ko‘paygan. Bandlik tuzilmasida iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni ortib, norasmiy sektorda pasayish kuzatilmoqda. Iqtisodiyot sohalarida bandlar soni 13,408 ming kishiga yetib, 2018 yil yanvar-iyun holatidan 1,4 foizga ko‘p demakdir.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston iqtisodiyotining norasmiy sektorida band bo‘lganlar kamayishi kuzatilayotgan bo‘lsa-da, hamon yuqoriligicha qolmoqda. Mamlakat tarixida ilk marotaba rasman ishlayotganlar soni 6 foizdan ko‘proqqa oshgan.
«O‘zbekiston tarixida ilk marotaba iqtisodiyotning rasmiy sektorida band bo‘lganlar soni 326,3 ming kishiga yoki 6,2 foizga oshib, 5 mln 593,6 ming kishini tashkil etmoqda. Norasmiy sektorda band bo‘lganlar soni esa, aksincha, 137,7 ming kishiga yoki 1,7 foizga kamayib, 7 mln 814,8 ming kishini tashkil etmoqda. Bu yashirin tadbirkorlik faoliyatini va ishchi o‘rinlarini qonuniylashtirish bo‘yicha choralar natijasidir», - dedi Erkin Muhiddinov.
Mavzuga oid
08:18 / 03.12.2024
Toshkent viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Erkin Muhiddinov yangi lavozimga tayinlandi
17:23 / 15.10.2024
Toshkent viloyati hokimining birinchi o‘rinbosarlari lavozimidan ozod etildi
13:12 / 20.05.2024
Toshkent viloyati hokimiga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi
11:34 / 12.08.2023