«Mançester Yunayted» himoyaçisi Nemanya Vidiç «Barselona» hujumçisi Lionel Messi Pep Gvardiola qöl ostida ösişga erişganini aytdi.
«Gvardiola Messini özgartirdi. Avval u öng qanotda öynardi va markazga tomon kirib kelardi.
Gvariola uni markazga qöydi va yanada zör öyinçiga aylantirdi. Butun jamoa unga öynaşni boşladi. U qanotlardagi vingerlar bilan bir vaqtda himoyaçilarga hujum qilardi. Men unga qarşi ikki marta öynaganman, ikkalasida ham yutqazganmiz. «Barselona» «MYu»dan kuçli bölganini aytiş, qabul qiliş qiyin.
Bizda 2009 yili ajoyib jamoa bor edi. Biz yaxşiroq öynaşimiz mumkin edi. Biz amaldagi Çempionlar Ligasi ğolibi edik. «Barselona» ham bizdan qörqardi. Rimdagi ğalaba ularga özlariga bölgan işonçni berdi», – deydi Vidiç The Athletic'ga bergan intervyusida.








