Transfer huquqi «Barselona»ga tegişli bölgan, «Istanbul Başakşehir» klubiga ijaraga berilgan turkiyalik yarimhimoyaçi Arda Turan noqonuniy qurol saqlaş, tungi klubda qasddan hujum qiliş va töpponçadan öq otişda ayblanib, 2 yilu 8 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda BBC naşri xabar tarqatdi. Şu bilan birgalikda, havbek «Jinsiy zöravonlik» moddasi böyiça oqlangan.

Futbolçining özi çiqarilgan hukmga munosabat bildirgan.

«Nihoyat barçasi yakunlanganidan xursandman, men esa heç narsada aybdor emasman. Men qonunga qarşi iş qilmadim, körsatma bergan guvohlar bor edi. Men şunçaki oilamni boqiş uçun öz işimni qiladigan professionalman», — deya uning sözlarini keltirmoqda Digi Sport.

2018 yilning oktyabrida Turan maşhur turkiyalik qöşiqçi Berkay Şahin bilan sodir bölgan voqeadan keyin 370 ming yevro miqdorida jarimaga tortilgandi. Futbolçi qöşiqçining rafiqasiga tegajoğlik qilgan, şundan keyin futbolçi Şahinning burnini sindirgandi.

Futbolçi öşanda şifoxonaga borib, jabrlanuvçidan uzr söragan. Turan şifoxonaga töpponça olib borib, uni qöşiqçiga bergan va degan: «Men u sening rafiqang ekanini bilmagandim. Buning uçun keçir. Istasang, meni otib taşlaşing mumkin». Qöşiqçi esa töpponçani qöliga olişni istamagandi.

Bu voqeadan keyin turkiyalik futbolçi 12,5 yil muddatga qamalişi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

2017 yilning yozida Turkiya terma jamoasi ustozi Fotih Terim Arda Turanni özi bilan bir samolyotda uçgan jurnalistni böğganidan keyin terma jamoadan çetlatgandi. Terma jamoaning yangi boş murabbiyi Mirça Luçesku uni terma jamoaga qaytarmasligini ma'lum qilgan. Şundan söng futbolçi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan.

2018 yilning martida u rafiqasi haqida söragan boşqa bir turkiyalik jurnalistga uning boşini olib taşlaş bilan tahdid qilgandi.

2018 yilning mayida esa futbolçi çempionatning ötgan mavsumi 32-turi doirasida «Sivasspor»ga qarşi öyinda hakamga hujum qilgani uçun 16 öyinga diskvalifikatsiya qilingandi.

Ma'lumot uçun, Arda Turan 2018 yilning 11 martida Aslixon Döğanga uylangandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va rafiqasi nikoh marosimida guvoh sifatida iştirok etişgan.