Arda Turan ko‘p yilga qamalishi mumkin

Foto: twitter.com/ArdaTuran
Transfer huquqi «Barselona» tegishli bo‘lgan, ayni vaqtda «Istanbul» klubi safida to‘p surayotgan turkiyalik yarimhimoyachi Arda Turan 12,5 yilga qamalishi mumkin.
L'Equipe xabariga ko‘ra, futbolchi tegajog‘lik qilish, noqonuniy qurol olib yurish va tan jarohati yetkazishda ayblanmoqda.
9 oktabr kuni futbolchi turkiyalik qo‘shiqchi Berkay Shahinni urib, burnini sindirgan edi. Mojaro Istanbulning tungi klublaridan birida yuz berdi. Turon Berkayning xotiniga gap otgan. Shundan so‘ng, tomonlar o‘rtasida janjal kelib chiqqan va futbolchi xonandaning yuziga zarba bergan.
Keyinchalik, futbolchi noxush mojaro yuz berganini ijtimoiy tarmoqda tan olib, Berkaydan uzr so‘ragan edi.
Turanning uzr so‘rashi Berkayni qanoatlantirmagan. Ayni vaqtda shifoxonadan chiqqan qo‘shiqchi futbolchini sudga berishga hozirlik ko‘rmoqda.
«Turan mening xotinimni tanimasligi mumkin emas. Biz hamisha birga yuramiz, buni hamma biladi. Biz o‘z huquqlarimizni himoya qilish uchun barcha vositalardan foydalanamiz».
Shahinning rafiqasi ham shunday pozitsiyada. «Agar jarohat tufayli uning ovoziga nimadir bo‘lgan bo‘lsa-chi? Berkay ovozi bilan pul ishlaydi», – deya norozilik bildirgan u. O‘zlem Turan o‘ziga shilqimlik qilganini, doktor Berkayning burniga 25ta chok tikkanini tasdiqlagan.
2017 yilning yozida Turkiya terma jamoasi ustozi Fotih Terim Arda Turanni o‘zi bilan bir samolyotda uchgan jurnalistni bo‘g‘ganidan keyin terma jamoadan chetlatgandi. Terma jamoaning yangi bosh murabbiyi Mircha Luchesku uni terma jamoaga qaytarmasligini ma'lum qilgan. Shundan so‘ng futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganini e'lon qilgan.
2018 yilning martida u rafiqasi haqida so‘ragan boshqa bir turkiyalik jurnalistga uning boshini olib tashlash bilan tahdid qilgandi.
Shu yilning mayida esa futbolchi chempionatning o‘tgan mavsumi 32-turi doirasida «Sivasspor»ga qarshi o‘yinda hakamga hujum qilgani uchun 16 o‘yinga diskvalifikatsiya qilingandi.
Ma'lumot uchun, Arda Turan shu yilning 11 martida Aslixon Do‘g‘anga uylangandi. Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va rafiqasi nikoh marosimida guvoh sifatida ishtirok etishgan.
Tavsiya etamiz
Putin o‘ziga voris tayyorlayotganini aytdi
Jahon | 20:13 / 04.05.2025
Husanovning o‘yinsiz seriyasi atrofidagi savollar va javoblar
Sport | 18:17 / 04.05.2025
“Yopilgan ish” yoxud otgan o‘qi o‘ziga qaytgan tergovchining iqrori
Jamiyat | 15:23 / 04.05.2025
9 may bayrammi yoki motam? Bu kunning mazmuni qanday?
O‘zbekiston | 21:19 / 03.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Abu-Dabida Yaqin Sharqdagi birinchi «Disneylend» paydo bo‘ladi
Jahon | 03:00
-
YeChL. "PSJ" javob o‘yinida ham "Arsenal"ni yengib, finalga chiqdi
Sport | 02:17
-
NASA 2026 yilda Marsga raketa uchirishi mumkin
Jahon | 01:03
-
«G‘alaba asosan biz tufayli qo‘lga kiritilgan». Tramp 8 mayni rasman G‘alaba kuni deb e’lon qildi
Jahon | 00:31
Mavzuga oid

16:28 / 11.09.2019
Arda Turan ozodlikdan mahrum etildi

17:30 / 18.10.2018
Arda Turan davlat to‘ntarishiga aloqadorlikda gumonlanmoqda

12:36 / 11.10.2018
Turan yana mojaro girdobida. U uzr so‘rash bilan qutulmaydi

11:30 / 11.10.2018