Bugun, 10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda mutasaddilar «Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarişgan.
Tadbir davomida Özbekistonda yer boşqaruvi fermerlik tizimiga ötgandan buyon har yetti-sakkiz yilda fermer xöjaliklarining optimizatsiyadan ötkazilişi dehqonlar uçun qator noqulayliklarni keltirib çiqarayotgani, fermerlarimiz qaçon qörqmasdan, qonunlarga işonç hamda uzoq yillik reja bilan faoliyat boşlaşi mumkinligi, umuman, bu tizim nega bunçalik beqarorligi borasida savol bilan murojaat qilindi.

«Siz yetti-sakkiz yil deyapsiz, bu köp. Bizda optimallaştiriş har uç yilda bölyapti. Biz fermer xöjaliklarini yiriklaştiriş yönalişiga ötdik. Bu yil jami 77 mingta fermerlik qoldi, ötgan yili bu raqam 153 mingtani taşkil qilgan edi.
Men sizga yana bir yangilikni aytaman: Yaxşi bilişimiz kerak, biz qaysi jarayonga ketyapmiz? 2022 yil 1 yanvardan boşlab köp tarmoqli bölmagan fermer – fermer bölolmaydi. Hozirda 60 foiz fermerlar köp tarmoqli bölib olişdi. Bu jarayon davom etadi.

Ayniqsa, bu yerda klasterlar bilan soğlom raqobat ketayotgan paytda bizning vazifamiz – fermerlarimizni qöllab-quvvatlaş», deya Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi raisi Aktam Xayitovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Aktam Xayitov şuningdek, mazkur masala juda dolzarb ahamiyat kasb etişini ta'kidlagan holda, jurnalist bilan batafsil, tet a tet suhbatga rozi ekanligini bildirgan.












