Keça, 10 sentabr kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Özbekiston Qişloq xöjaligi vazirligi hamda Özbekiston fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari kengaşi mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.

Unda mutasaddilar «Fermer, dehqon xöjaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillaştiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi Prezident qarori ijrosi va mohiyati yuzasidan ma'lumot berib, OAV xodimlari tomonidan berilgan savollarga javob qaytarişdi.
Tadbirda Özbekiston qişloq xöjaligida yangi – klaster tizimiga ötilayotgani, ammo bu jarayonlar köpçilik holatda fermer xöjaliklarining majburiy tarzda tugatiş va MÇJga birlaştirib yuboriş orqali amalga oşirilayotgani, klaster tizimining jahon tajribasiga köra, fermerlar işlab çiqariş, ilm-fan va biznes amaliyoti orqali ixtiyoriy hamkorligida amalga oşirilişi va bizda nega şu yöldan borilmayotgani borasida murojaat qilindi.

«Bugun Respublikadagi 60 foizdan ortiq qişloq xöjaligi maydonlari klasterlarga ötkazildi. Lekin bugun Özbekistonda klasterlar böyiça aniq suyaniladigan qonun bormi? Yöq. Biz ana şu qonunni işlab çiqişimiz va bu tizim qaysi şaklda amalga oşirilişini belgilab olişimiz kerak. Buni şu sohaga tegişli bölgan barça vazirlik va taşkilotlar birgalikda işlab çiqişimiz kerak.
Hozir bizda klasterga ötiş uç xil şaklda amalga oşirilyapti: Birinçi şakli bu – juda kam qöllaniladigan uslub, tadbirkorga yer beriş. Bunda tadbirkorga yirik ekin maydonlari ajratib beriladi.
Ikkinçi şakli – klaster egasida ham özining yeri bor, ham u fermerlar bilan hamkorlikda işlaydi.
Uçinçi şakli bu hozirgi paytda eng köp qöllanilayotgan amaliyot – fermerlar bilan fyuçers şartnomasini tuzib işlaydigan klaster.
“Klasterning qaysi turi bizga ma'qulroq?” degan savolga javobni hayotning özi bizga körsatib bermoqda. Masalan, vodiy viloyatlarida biz aynan fyuçers şartnomasi orqali işlaş tizimidan foydalanyapmiz.
Siz aytganingizdek, tizimda kamçilik, tartibsizliklar bölayotgani rost. Çunki har bir tizim işga tuşirilayotganda kamçiliklar böladi.













