Bugun, 12 sentabr kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Unda, parlament quyi palatasida tarkib topgan yangi amaliyotga muvofiq, deputatlar hukumat a'zoligiga tayinlanayotgan nomzodni körib çiqişdi va Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga tavsiya qilingan Nozim Husanov nomzodini ma'qullaşdi.

«Bu gal Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzod muhokamasi ötkazildi.

Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ayni paytda Toşkent şahri Sergeli tumani hokimi lavozimida işlab kelayotgan Nozim Husanovning nomzodi körsatilgan.

Muhokamalar çoğida deputatlar ayni paytda mamlakatimizda fuqarolarni iş bilan ta'minlaş, mehnat huquqlarini röyobga çiqariş, sohada qilinayotgan işlarga batafsil töxtalib, bugunga qadar quyi palata bilan uşbu vazirlik örtasida yaqin hamkorlik qaror topganini, buning natijasida qator qonunlar qabul qilinganini e'tirof etiş barobarida bu borada uçrayotgan muammolar, yeçilişi lozim bölgan masalalarga ham e'tibor qaratdilar. Bandlik va mehnat munosabatlarini yanada yaxşilaş, munosib mehnat şaroitlarini yaratiş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar haqidagi savollar bilan murojaat qildilar.

Öz navbatida, Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga nomzodi körsatilgan Nozim Husanov parlament a'zolari tomondan kötarilgan savollarga atrofliça javob qaytardi hamda ular e'tiboriga mazkur lavozimga kirişganidan söng vazirlik bilan parlament örtasidagi munosabatlar yanada faol va samarali bölişini bildirdi.

Savol-javob, muhokamalar söng majlis yakunida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining Nozim Husanovni Özbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri lavozimiga ma'qullaş haqidagi qarori qabul qilindi», deyiladi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabarida.

Nozim Husanov 1976 yil Toşkent viloyatining Zangiota tumanida tuğilgan, 1997 yilda Toşkent avtomobil-yöllar institutini, 2002 yilda Toşkent moliya institutini (sirtqi bölim) tamomlagan.

U 2010—2011 yillarda Markaziy bank Toşkent viloyati boş boşqarmasi boşliği lavozimida faoliyat olib borgan, 2011—2013 yillarda Markaziy bank raisi örinbosari, 2013—2014 yillarda Taşqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, 2014—2016 yillarda «Mikrokreditbank» oçiq aksiyadorlik-tijorat banki boşqaruvi raisi bölgan, 2016 yilning bahoridan 2018 yil bahorigaça, Sergeli tumani hokimi lavozimiga