Kun.uz taşqi mehnat migratsiyasi bilan boğliq muammolar haqida maqola e’lon qilgandi. Suriştiruvda ikki yil oldin davlat rahbariga taqdim etilgan, özbekistonliklarni Yaponiyaga işga borişga tayyorlaydigan maxsus markaz faoliyatiga mas’ullar tomonidan qöyilayotgan tösiqlar haqida söz yuritilgan edi. Kun.uz ikkinçi tomonga ham mikrofon tutdi: mavzu doirasida sobiq Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov bilan suhbatlaşildi. 

Şokir Şaripov:

— Men uçun ba’zi özgarmas haqiqatlar bor, tepamizda Quyoş turgani kabi. Özim kuzatganim bois bular men uçun isbot talab qilinmaydigan haqiqat. Şulardan biri – Janubiy Koreyaga işga boriş masalasida: qişloqlarda «Koreyaga ketibdi», «Koreyadan işlab kelibdi» mavzusi – maşhur. Şu yerda men kuzatgan narsa — qanaqadir şaxslar bor, ularga Koreyaga ketmoqçi bölganlar pul olib borib beradi. Hozir uşbu raqam 15 ming dollarga çiqqan. Keyinçalik pul berganlar qayergadir olib borib, koreys tiliga öqitiladi va keyin Janubiy Koreyaga işga ketadi. Buni qanday izohlaysiz?

Nozim Husanov:

— Aytgan holatingiz mavjud, xabarimiz bor. Ammo bu – bozor talabi. Har bir fuqaro daromad topiş istagida. Fuqarolarimizning bir qismi xorijga, jumladan, Janubiy Koreyaga borib, yaxşi daromad olayotganiga özimiz ham guvoh bölganmiz. Şuning uçun ham, yuqori talab bölganidan, siz aytayotgan qöştirnoq içidagi tadbirkorlik sub’yektlari deymizmi, uddaburonlar şunday bir öquv markazlari taşkil qilganini biz ham eşitganmiz. Ötgan yil iyun oyida, Koreya hukumati bilan özaro kelişuvga asosan Koreyaning Inson resurslari markazi tomonidan imtihonlar taşkil qildik. Bir oy oldin imtihon kunlarini, online ariza bilan murojaat qilişni, röyxatdan ötişni va imtihonda qatnaşiş imkoniyatini barçaga oçiq-oydin e’lon qildik. Va 15,5 ming fuqaro online portalimizga ariza bilan murojaat qilib, röyxatdan ötişdi. Imtihon bir neça kun bölib ötdi. Yakunda 13 mingga yaqin fuqaro kelib, imtihonda qatnaşdi. Bu fuqarolarimiz orasida uşbu yönalişga qiziqiş köpligidan dalolat beradi

Şokir Şaripov:

— Qişloqlarda kimlardir pul olib öqityapti va mening kuzatişim böyiça, aynan şu orqali Koreyaga ketişyapti. Qişloqda odamlar faqatgina öşa bitta yöl bilan, ya’ni kimlargadir katta pul berib ketişyapti.