Bugungi teletomoşabinning talabi, didi va dunyoqaraşi keçagidek emas. U özgaruvçan, talabçan, muntazam yangiliklarni xohlaydi. Buni his qilmagan har qanday telekanal öz-özidan çetga çiqib qoladi. Xöş, bugungi tomoşabin qaysi kanalni, qanday dasturlarni tomoşa qilmoqda? Quyida mana şu savolga javob izlab köramiz.
Aslida dunyo tajribasiga qaralsa, bu savolga osongina javob beriş usuli allaqaçon topilgan va muvaffaqiyat bilan qöllanib kelinmoqda. Qaysi telekanallar tomoşa qilinayotganini aniq körsatib beruvçi aqlli uskunalar deyarli barça davlatlarda işlab turibdi. Telekanallarning asosiy daromad manbai bölgan reklama beruvçilar mana şu ölçovlar natijalariga jiddiy e'tibor qaratişadi. Öz navbatida telekanallar ham bu ölçovlarga qarab öz dasturlarini tahlil qilib çiqişadi, rejalar tuzişadi, yangi loyihalar amalga oşirişadi.
Sönggi ma'lumotlarga qaralsa, Özbekiston telereklama bozori hajmi muntazam oşib bormoqda. 2018 yilda u 74,7 mlrd sömni taşkil etgan bölsa, 2019 yilning şu davriga kelib 87,5 mlrd sömga yetib ulgurgan (ösiş 17 foiz).
Ammo şu bilan birga telekanallar örtasida şiddatli, keng qamrovli va eng muhimi soğlom raqobat ketmoqdaki, bu şubhasiz Özbekiston telebozori taraqqiyotiga xizmat qiladi.
Keling, aniq ma'lumotlar bilan tanişamiz. 2018 yilning oktabr oyidan boşlab Özbekistonda ham televizon auditoriyalarni ölçaş amaliyoti qöllanişga kirişildi. Ölçovlarni ötkaziş huquqini qölga kiritgan «Kantar Media» kompaniyasi 2019 yilning dastlabki yarim yilligi natijalarini e'lon qildi. Ularga köra milliy kanallar içida 3,38 foiz töplagan «Sevimli» telekanali yetakçilikni qölga kiritgan bölsa, ikkinçi örinni 2,78 foiz auditoriya töplay olgan "ZörTV" telekanali egallab turibdi.
“Bu reytingda faqat nodavlat telekanallar joy olgan” degan fikrda bölganlar adaşadilar. Uçinçi örindagi "Mening yurtim"dan söng MTRK tarkibiga kiriuvçi "Bolajon" telekanali kuçli törtlikni yakunlayotgani buning isbotidir.
«International Media Service» resursida e'lon qilingan bu ma'lumotlar örganilganda (infografikaga quyida) respublika böylab eng reytingi baland beş köngiloçar dasturlarning ikkitasi, eng ommabop seriallar beşligining uçtasi «Sevimli» telekanaliga tegişli ekanligi ma'lum böladi.













