Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qaroriga binoan Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist, Elektron ommaviy axborot vositalari Milliy assotsiatsiyasi raisi Firdavs Abduxoliqov «Özbekkino» Milliy agentligi direktori etib tayinlandi. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.

Firdavs Abduxoliqov

U bu lavozimda 2017 yilning avgustidan buyon «Özbekkino»ga rahbarlik qilib kelgan Furqat Zokirov örnini egalladi.

Ayni vaqtda 56 yoşda bölgan Firdavs Abduxoliqov 1992—1995 yillarda Özbekistondagi dastlabki xususiy telekanallardan biri — «STV» va ilk nodavlat gazetalardan biri — «Darakçi»ga asos solgan. 2003 yildan Özbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga rahbarlik qilib keladi.

Firdavs Abduxoliqov qator hujjatli filmlarga prodyuserlik qilgan. Uning rahbarligida ÖzEOAVMA tomonidan Rossiya telekanallari bilan hamkorlikda «Özbekiston – qumliklar javohiri», «Qoraqalpoğiston vaqt qumliklari oralab», «Özbekiston. Qölga kiritilgan kaşfiyotlar», «Nukus. Noma'lum kolleksiya» singari hujjatli filmlar suratga olingan. 

Şuningdek, Firdavs Abduxoliqov BBC, EURONEWS, CNBC  va boşqa bir qator xorijiy kompaniyalar bilan birgalikda köplab medialoyihalarni amalga oşirib kelmoqda. Yaqinda efirga uzatilgan «Katta Langar Qur'oni: sirlar va haqiqatlar» hujjatli filmi şular jumlasidan.

Firdavs Abduxoliqov şuningdek, 2018 yilda Sankt-Peterburgda «Özbekiston madaniy merosi dunyo töplamlarida» loyihasi doirasida ötkazilgan II Xalqaro kongressda 300dan ortiq jahon olimlari taşabbusi bilan tuzilgan Özbekiston madaniy merosini asraş, örganiş va ommalaştiriş böyiça Butunjahon jamiyati raisi hisoblanadi.