Xivadagi «Toshhovli» saroyi 150 ming dollarlik AQSh davlat grantini yutdi
Xivadagi «Ichan-Qal'a» davlat muzey-qo‘riqxonasi «Toshhovli» saroyini ta'mirlash uchun 150 ming dollarlik AQSh davlat grantini yutdi, deb xabar beradi Xorazm viloyati turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati.

Ushbu grant bo‘yicha ishlar muzey-qo‘riqxona xodimlari tomonidan yil boshidan boshlab qo‘yilgan edi. 12 sentabr kuni ushbu hujjat Amerika Qo‘shma Shtatlari madaniy meros dasturi bo‘yicha menejyeri, olim Laura Tedesko va AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi vakili, madaniyat va dasturlar bo‘yicha attashe yordamchisi Muxlisa Rasulova tomonidan muzey-qo‘riqxona direktori Shonazar Matyakubovga topshirildi.

Kun davomida «Toshhovli» saroyining ta'mirga muhtoj joylari yana bir bor ko‘zdan kechirilib, qilingan ishlar sarhisob qilindi va doimiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish belgilab olindi.

«Toshhovli» saroyi 1830-1838 yillarda Xiva xoni Olloqulixon tomonidan qurilgan. Saroy baland devor burjlari va darvozalari bilan qo‘rg‘onni eslatadi. Devorlari pishiq g‘ishtdan terilgani sababli «Toshhovli» deb atalgan.

Saroy uchta katta hovli - ko‘rinishxona, mehmonxona, haramdan hamda beshta kichik hovli va 163 xonadan iborat. Dastavval haram alohida qurilgan va to‘g‘ri to‘rt burchak hovli, 1-2 qavatli ayvon xonalardan iborat bo‘lgan, atrofi burjli qalin devor bilan o‘rab olingan. Eshik va ustunlar Xiva yog‘och o‘ymakorlik san'atining yuksak namunalaridan sanaladi. Marmar ustun toshlardagi, temir panjaralardagi o‘yma naqshlarda Xiva ustalarining eng mukammal san'ati o‘z ifodasini topgan. Ayni paytda «Toshhovli»da «Hunarmandchilik muzeyi» faoliyat ko‘rsatmoqda.

Tavsiya etamiz
Haydovchilar uchun qator yengilliklar e’lon qilindi
O‘zbekiston | 18:04 / 16.05.2025
Shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshiriladi
O‘zbekiston | 17:20 / 16.05.2025
Kameralar yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmaydigan bo‘ldi
O‘zbekiston | 16:46 / 16.05.2025
14 yillik qamoqdan prezidentlikkacha. Xose Muxika kim edi?
Jahon | 16:05 / 16.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 23:55 / 17.05.2025
-
«Kristal Pelas» «Man Siti»ni mag‘lub etib, Angliya Kubogini qo‘lga kiritdi
Sport | 23:01 / 17.05.2025
-
Isroil G‘azoda yangi, keng ko‘lamli harbiy operatsiyani boshladi
Jahon | 22:36 / 17.05.2025
-
Shifokor changli havoda amal qilish kerak bo‘lgan tavsiyalarni berdi
Jamiyat | 22:23 / 17.05.2025
Mavzuga oid

14:08 / 02.05.2025
Xivadagi davlat tashkilotlari shahar chekkasiga ko‘chiriladi

22:15 / 01.05.2025
Xivada zamonaviy turizm majmuasi - «Arda Xiva» ochildi

20:54 / 01.05.2025
«Jaloliddin Manguberdi» tezyurar poyezdi 2026 yildan ishga tushiriladi

18:00 / 25.04.2025