Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplash uchun investitsiyaviy shartnoma yoki davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutiladi.
Har bir gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizi, lekin bazaviy hisoblash miqdorining 50 barobaridan oshmagan qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan (subsidiya sifatida) tuzilgan investitsiya shartnomasi yoki davlat-xususiy sheriklik bitimi doirasida bir marta qoplab beriladi.
Bunda, loyiha tashabbuskorlarining qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan yerlarni foydalanishga kiritish uchun irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya ishlari xarajatlarining qolgan qismi o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Davlat budjetidan har bir gektar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni foydalanishga kiritish bilan bog‘liq xarajatlar Qishloq xo‘jaligi vazirligiga markazlashgan xarajatlar smetasida har yili O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga asosan melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun ajratiladigan mablag‘larning 5 foizi miqdoridan kelib chiqib hisoblanadigan mablag‘lar nazarda tutiladi.
Loyiha tashabbuskorlarining yerlarni foydalanishga kiritishda irrigatsiya va melioratsiya obektlarini qurish va rekonstruksiya qilish bilan bog‘liq xarajatlarini Davlat budjetidan qoplash sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Tuman (shahar) hokimliklari kalendar yilda qishloq xo‘jaligida foydalanilmayotgan sug‘oriladigan yer maydonlarini foydalanishga kiritish uchun qurish va rekonstruksiya qilinadigan obektlarning ro‘yxati va maydonini kalendar yilning 1 fevraliga qadar shakllantiradilar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklariga kiritadilar.
Obektlarning ro‘yxati va maydonini shakllantirishda:











