Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lavrov Suriyada urush yakunlanganini aytdi
Suriyadagi vaziyat tinch holatga qaytmoqda, mamlakat hududida ba'zi keskinlik o‘choqlari saqlanib qolmoqda. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov “Trud” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Suriyadagi urush haqiqatan yakunlandi. Mamlakat sekin-asta normal, osuda hayotga qaytmoqda”, deb ta'kidlab o‘tgan Lavrov. Uning ta'kidlashicha, Suriya hukumati nazoratida bo‘lmagan hududlarda, misol uchun, Idlib va Frot daryosining sharqiy sohilida ba'zi keskinlik o‘choqlari saqlanib qolmoqda.
Vazir Moskvada Suriyadagi tomonlar, jumladan muxolifat bilan muntazam aloqalarni qo‘llab-quvvatlashga katta ahamiyat berilishi va Suriya jamiyatining barcha guruhlarining siyosiy jarayonda maksimal ishtirokini ta'minlashga chaqirishlariga e'tibor qaratdi.
Lavrov Rossiya suveren, hududiy yaxlit Suriyani tiklash, barcha suriyaliklarning vatanlariga, davlatning esa “arab oilasi”ga qaytarilishi hamda terrorchilik oqibatlarini tezroq yengish tarafdori ekanini ta'kidlab o‘tgan. Rossiya tashqi ishlar vazirining ta'kidlashicha, bu Yaqin Sharqda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash garovi bo‘ladi.
Mavzuga oid
21:20 / 04.06.2026
Baydenning urushi Trampning urushiga aylandi - Sergey Lavrov
08:27 / 04.06.2026
Eron bilan urush Kongressda ham bahslarga sabab bo‘lmoqda
16:56 / 03.06.2026
Saxalin oroli va Tinch okeani flotidan ayrilgan Rossiya – Rus-yapon urushi tarixi
08:33 / 02.06.2026