Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashi tuzildi
Bugun, 14 sentyabr kuni, Senat binosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Oliy Majlis Senati a'zolarining qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida jamoatchilik kengashini tuzish bo‘yicha qo‘shma qaror qabul qilindi. Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi Ilhom Abdullayev ushbu kengash haqida gapirdi.
“Ushbu kengash OAV faoliyatini nazorat qilish, uning qanday axborot tarqatishini oldindan belgilash vakolatini olmaydi. Balki shu soha vakillari va davlat idoralari o‘rtasida mustahkam ko‘prik bo‘lishni o‘z zimmasiga oladi. Davlat tashkilotlarining faoliyatini haqqoniy yoritishda OAV xodimlariga ko‘mak beradi, ularning malakasini oshirish bo‘yicha ishlarni olib boradi. Jamoatchilik kengashi 31 nafar a'zodan iborat bo‘ladi. 10 nafari Qonunchilik palatasidan, qolgan 21 nafari OAV xodimlari va turli jamoatchilik tashkilotlaridan bo‘lishi rejalashtirilgan. Bizning maqsadimiz axborot makonida o‘zimizning mustahkam o‘rnimizga ega bo‘lishdir”.
Abdullayevning ta'kidlashicha, ushbu kengash axborot va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida muammolarni hal qilishda aniq mexanizmning ishlashiga sharoit yarata oladi. Xalqaro tajribada bunday kengashlar samarali xizmat qilyapti va bu jamoatchilik fikri to‘g‘ri shakllanishiga xizmat ko‘rsatmoqda.
Mavzuga oid
20:26 / 25.06.2026
To‘qayev internetdagi ko‘zbo‘yamachilik va «oson pul» madaniyatini qoraladi
18:15 / 25.06.2026
«Kun.uz» muxbiri Matbuot xodimlari kuni munosabati bilan prezident tomonidan taqdirlandi
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
19:45 / 13.06.2026