Nikohni davlat röyxatidan ötkaziş, kelin-kuyovlarning töyxonaga kelişi va ketişi bilan boğliq tadbirlarda 3 tadan köp bölmagan yengil avtomaşinalar yoki jamoat tartibiga xavf soluvçi boşqa avtomaşinalar iştirok etişiga yöl qöyilmaydi. 

Uşbu yangilik bugun Özbekiston Respublikasi Qonunçilik Palatasi va Senati Kengaşining qöşma majlisida qabul qilingan  «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazişni tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qaror va u bilan tasdiqlangan nizomda öz aksini topgan. 

Şuningdek, oilaviy tadbirlarda (dafn etiş marosimidan taşqari) pulli avtotransport xizmati litsenziyaga ega bölmagan taşuvçilar tomonidan körsatilişiga yöl qöyilmaydi. Bunda töy egalarining şaxsiy avtomaşinalari hamda homiylar tomonidan jalb etilgan avtotransport vositalaridan foydalanilgan hollar istisno qilinadi.  

Qöşma majlisda uşbu hujjatning 2020 yil 1 yanvardan kuçga kirişi töğrisida ham ma'lumot berildi.