Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘y-hashamlar va boshqa oilaviy tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma qaror senatorlar tomonidan ma'qullandi
Bugun, 14 sentabr kuni Oliy Majlis Senatining 22 yalpi majlisi o‘tkazildi. Unda 59 nafar senator qatnashdi. Kun tartibida “To‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazilishini tartibga solish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorini tasdiqlash masalasi ko‘rib chiqildi. Qonunchilik palatasi va Oliy Majlisi Senati bilan birgalikda ishlab chiqilgan ushbu hujjatning nizomi ham ishlab chiqildi.
Senat raisi Tanzila Norboyevaning ta'kidlashicha, so‘nggi yillarda xalqimizning uzoq yillik qadriyatlari va an'analarini o‘zida aks ettirgan to‘y-hashamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bag‘ishlangan tadbirlar o‘tkazishda shuhratparastlik, o‘zini ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarning ijtimoiy ahvolini inobatga olmaslik, isrofgarchilik, xalqimizning urf-odatlari va an'analarini mensimaslik kabi illatlar ko‘zga tashlanmoqda. O‘rganishlar tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, ayrim fuqarolar dabdabali to‘y marosimlariga katta mablag‘ sarflanishi tufayli qarzga botmoqda va uni uzish uchun chet elga mehnat qilish uchun chiqib ketyapti. Ayrimlar oilaviy tadbirlarni dabdaba bilan o‘tkazishni qo‘shnilar, qarindoshlar tanqididan, jamoatchilikning bosimidan holi bo‘lish vositasi sifatida tushunmoqda. Bundan marosimlar qarindoshlar o‘rtasidagi ziddiyatlarni yanada kuchaytirmoqda.
Senatorlar ushbu qarorni atroflicha muhokama qilishdi va ushbu hujjat bir ovozdan senatorlar tomonidan ma'qullandi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026