Oilaviy tadbirlarda 2 nafardan ortiq xonandaning yoki guruhning xizmat körsatişiga yöl qöyilmaydi. Şuningdek, ular oilaviy tadbirlarda qonun hujjatlariga muvofiq, şartnoma asosida xizmat körsatadi.
Bu yangilik bugun Oliy Majlis Qonunçilik Palatasi va Senati Kengaşining qöşma majlisida qabul qilingan «Töy-haşamlar, oilaviy tantanalar, ma'raka va marosimlar, marhumlarning xotirasiga bağişlangan tadbirlar ötkazilişini tartibga soliş tizimini yanada takomillaştiriş töğrisida»gi qarorda öz aksini topgan bölib, 2020 yilning 1 yanvaridan kuçga kiradi.
«Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va «Özbekkonsert» davlat muassasasi oilaviy tadbirlarni milliy qadriyatlarga mos ravişda ixçam va kamxarj ötkazişga erişiş uçun san'atkorlar tomonidan konsert xizmatini körsatişni tartibga soliş çoralarini körişi belgilangan», - deya ma'lumot berdi Senatning Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi Iqbol Mirzo.













